AQSH Senati Isroilga yordam berish haqidagi qonun loyihasini maʼqullamadi

02:47 08 Noyabr 2023 Dunyo
289 0

Foto: Reuters

AQSH Senatidagi demokratlar Ukrainasiz Isroilga yordam berish haqidagi qonun loyihasini maʼqullashmadi.

Manbaga koʻra, 7-noyabr, seshanba kuni demokratlar respublikachilarning Isroilga favqulodda yordam koʻrsatish toʻgʻrisidagi qonun loyihasini tezda maʼqullash urinishiga qarshi chiqqan. Ushbu hujjatda Ukrainaga yordam koʻrsatish koʻzda tutilmagan. Qonun loyihasi oʻtgan hafta Vakillar palatasi tomonidan qabul qilingandi.

Hujjatga qarshi chiqqan demokratlar faqat Isroilga emas, Ukrainaga ham yordam berish tarafdori ekanliklarini bildirishdi.

Senatorlar qoʻshimcha moliyalashtirish uchun oʻz qonun loyihasini tayyorlayotganliklarini va uni shu haftada kiritishga umid qilishlarini maʼlum qilishdi.

Shu yilning 3-noyabr kuni AQSH Kongressi Vakillar palatasi Ukrainani tilga olmagan holda Isroilga yordam koʻrsatish boʻyicha alohida qonun loyihasini maʼqullagandi. Ovoz berishda 226 kongressmen hujjatni yoqlab chiqdi, 196 nafari esa qarshi chiqdi.

Avvalroq, AQSH Kongressi Ukrainaga koʻmaksiz faqat Isroilga yordam berish toʻgʻrisidagi qonun loyihasini qabul qilsa, AQSH prezidenti Jo Bayden veto huquqidan foydalanishi maʼlum boʻlgan edi. Bu haqda Oq uy Milliy xavfsizlik kengashining strategik aloqalar boʻyicha koordinatori Jon Kirbi maʼlum qilgandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер