AQSH Oʻzbekistonga qiymati 330 ming dollardan ziyod boʻlgan tibbiy niqoblar yubordi. Yukni yuborish xarajatlari AQSHda yashovchi oʻzbekistonlik tadbirkor hisobidan qoplandi
9-avgust kuni Global Jewish Assistance and Relief Network (AQSH) jamgʻarmasi tomonidan begʻaraz yordam sifatida taqdim etilgan tibbiy niqoblarining birinchi qismi Oʻzbekistonga keltirildi, deb xabar beradi “Dunyo” agentligi.
Hozirda umumiy qiymati 330 ming dollardan ziyod boʻlgan qariyb 270 ming dona tibbiy niqoblarning 134 ming 400 donasi olib kelingan. Undan 165 ming donadan ortiq N95 respiratorli niqoblar, 4 ming dona KN95 va 100 ming dona uch qavatli niqoblar oʻrin olgan.
Taʼkidlanishicha, gumanitar yordam respublikada koronavirusning yangi toʻlqini sabab kuzatilayotgan ehtiyojni qondirishda koʻmak maqsadida yuborilgan.
Xabarga koʻra, ushbu insonparvarlik yukini Oʻzbekistonga yuborish xarajatlari Pensilvaniya shtati Filadelfiya shahrida tadbirkorlik faoliyatini olib borayotgan oʻzbekistonlik Furqat Rajabov hisobidan qoplangan.

“Butun yer kurrasini qamrab olgan koronavirus pandemiyasi bilan bogʻliq vaziyat hech birimizni befarq qoldirmaydi. AQSH jamgʻarmasi tomonidan taqdim etilgan tibbiy niqoblarning dastlabki turkumini yurtimizga yuborishga hissa qoʻshganimizdan mamnunmiz”, deydi Rajabov.
“Tibbiy niqoblar oʻrnatilgan tartibda respublikaning tegishli tibbiyot muassasalari oʻrtasida tarqatiladi. Shuningdek, niqoblarning ikkinchi turkumi ham tez kunlarda Oʻzbekistonga olib kelinadi”, deyiladi xabarda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- Germaniyada oʻquvchilar harbiy chaqiruvga qarshi namoyishga chiqdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring