AQSH noqonuniy muhojirlar uchun mobil ilova taqdim qildi

12:51 11 Mart 2025 Dunyo
128 0

Foto: Reuters

Amerika Qoʻshma Shtatlari bojxona va chegara xizmati CBP Home mobil ilovasi haqida eʼlon qildi. Ushbu dastur yordamida noqonuniy muhojirlar ixtiyoriy ravishda mamlakatni tark etishlari mumkin boʻladi.

Taʼkidlanishicha, buni qilishni xohlovchilar qatʼiyroq choralar koʻrilishidan oldin ixtiyoriy ravishda arizada AQSHni tark etish istagini bildirishi mumkin. Bundan tashqari, ushbu qadam muhojirlarga kelajakda AQSHga qonuniy ravishda qaytish imkoniyatini beradi.

AQSH prezidenti Donald Tramp fevral oyida inauguratsiya marosimidan soʻng darhol AQSH — Meksika chegarasida favqulodda holat joriy etish haqidagi farmonni imzolagan edi.

Shu yilning 5-mart kuni Oq uy rahbari farmonga imzo chekkan, unga koʻra noqonuniy muhojirlar toʻdalari terrorchi guruhlarga tenglashtirilgani maʼlum boʻldi. Tramp, shuningdek, amerikaliklarni Rossiya prezidenti Vladimir Putindan koʻra, ichki muammolar, xususan, muhojirlar va narkobaronlar haqida qaygʻurishga chaqirdi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер