AQSh kosmik parvozlarga cheklov joriy etdi
AQSh hukumati “shatdaun” holatida boʻlgan bir vaqtda mamlakatdagi kosmik parvozlarga cheklov joriy etilmoqda. Bu haqda AQSh Fuqarolik aviatsiyasi federal boshqarmasi (FAA) rahbari Brayan Bedford maʼlum qildi.
Uning soʻzlariga koʻra, joriy etilgan cheklovlar faqat tijoriy aviatsiya sohasigagina emas, balki kosmik parvozlarga ham taalluqli boʻladi.
“Biz bu masalada tijoriy aviatsiya sohasidagi hamkorlarimiz bilan hamkorlikda ish olib boramiz. Ammo choralar faqat havo hududi bilan cheklanmaydi — ular kosmik parvozlarni ham qamrab oladi”, degan Bedford jurnalistlarga.
Maʼlumot uchun, AQShda hukumat faoliyatini moliyalashtirish boʻyicha kelishmovchiliklar sababli davlat idoralarining ayrimlari ishini vaqtincha toʻxtatgan. Bu holat bir qator federal agentliklar faoliyatiga ham taʼsir koʻrsatmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nodirbek Abdusattorov Pragadagi shaxmat festivalida chempionlikni qoʻlga kiritdi
- Matchanov Umirzak Seitjanovichning iqtisodiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi eʼloni
- Yaqin Sharqdagi keskinlikning narxi: AQSH, Isroil hamda Eron urush uchun qancha sarflayapti?
- “Barselona” qiyin gʻalabani qoʻlga kiritdi
- Ayollar Osiyo chempionati musobaqasining 3-tur oʻyinlari davom ettirildi
- Tramp Erondagi harbiy operatsiya “deyarli yakunlanganini” maʼlum qildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring