“Aqlli” issiqxonaning “aqlliligi” nimada?
Saminjon HUSANOV/“Xalq soʻzi”. Andijon tumanida zamonaviy, tejamkor va “aqlli” issiqxona sinovdan oʻtkazilmoqda. Xoʻsh, uning afzallik jihatlari nimada?
— Buni siri juda oddiy, — deydi ish yurituvchi Sarvarbek Teshaboyev. — Issiqxonaning yuqori qismi uch qavat plyonka va uch qavat kigiz bilan qoplangan. Quyosh nuridan keluvchi issiq harorat plyonka orqali ichkariga yoʻnaltiriladi va tun davomida xonadagi iqlim muvozanatini saqlab turadi. Buning uchun tungi vaqtlari plyonkaning ustidan kigiz yopiladi. Yozda issiqdan, qishda sovuqdan asrovchi bu usul mamlakatimiz iqlimiga juda mos ekan. Ayni paytda bu yerda golubika, oq qulupnay va boshqa noyob butalarni parvarishlayapmiz. Bir mavsumda qulupnaydan 3 tonna, golubikadan 1,5 tonna hosil olishni rejalashtirganmiz.
14 sotixda barpo etilgan issiqxonada barcha jarayonlar avtomatik tarzda boshqariladi. Adirlik, toshloq, unumdorligi past maydonlarda undan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Bunda suv tejamkor uskunalarni qoʻllash muhim ahamiyat kasb etadi. Tahlillar shuni koʻrsatmoqdaki, tashqarida 20 daraja sovuq boʻlganida ham, jarima issiqda ham hech qanday yonilgʻisiz mahsulot yetishtirish imkoni mavjud.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
- Toshkentda qilichbozlikning sablya yoʻnalishi boʻyicha Jahon kubogi bosqichi start oldi
- “Dronlar dueli” yoxud Ukrainadan Erongacha boʻlgan sinov poligonlarida shakllangan yangi dunyo tartibi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring