“Andijon”dan yirik gʻalaba, “Paxtakor”dan muvaffaqiyatli start
Kecha, 27-fevral kuni futbol boʻyicha Oʻzbekiston Superligasi start oldi. Kun doirasidan oʻrin olgan dastlabki bahsda “Buxoro” klubi oʻz maydonida “Qoʻqon-1912” klubini qabul qildi. Uchrashuv mezbonlarning 1:0 hisobidagi gʻalabasi bilan yakunlandi. Oʻyinda kiritilgan yagona golga Sherzod Esanov mualliflik qildi.
Kunning markaziy oʻyinida “Andijon” klubi “Bobur Arena”da “Soʻgʻdiyona”ni qabul qildi. Uchrashuv 4:0 hisobida Samvel Babayan boshchiligidagi jamoaning gʻalabasi bilan yakunlandi. Gollarga Nemanya Chalasan, Dragan Cheran, Martin Buakye va Poʻlatxoʻja Xoldorxonov mualliflik qildi.
Kunni yakunlab bergan oʻyinda “Paxtakor” jamoasi oʻz maydonida “Qizilqum” bilan kuch sinashdi. Uchrashuv 2:0 hisobida “sherlar”ning gʻalabasi bilan yakunlandi. Oʻyinda kiritilgan gollarga Doston Hamdamov va Pyotr Parjishak mualliflik qildi.
Maʼlumot uchun, bugun musobaqaning 1-tur oʻyinlari davom ettiriladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Shavkat Mirziyoyev Vashington shahrida Tinchlik kengashining dastlabki yigʻilishida ishtirok etdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring