Andijonda 800 milliard so‘m kredit mablag‘lari aholiga taqsimlanmoqda

Davlatimiz rahbari Andijon viloyatiga tashrifi chog‘ida har bir oilalardagi turmush madaniyatini shakllantirish, yashash sharoitini yaxshilash maqsadida viloyatda “Har bir oila – tadbirkor” dasturini ishlab chiqish bo‘yicha topshiriq bergandi.
Ushbu dastur ijrosini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi hamda bir qancha xorijiy moliya institutlari tomonidan 100 million AQSH dollari yoki 800 milliard so‘m miqdoridagi mablag‘ ajratildi.
Ayni paytda ushbu mablag‘ aholining chorvachilik, quyonchilik, parrandachilik, baliqchilik, asalarichilik yo‘nalishlaridagi faoliyatlarini tashkil etish, issiqxonalar qurish, bog‘ va tokzorlar yaratish, sartaroshlik, kosmetologiya xizmati, kosibchilik, tunukasozlik, yog‘och va allyumin profildan eshik va romlar tayyorlash, zargarlik, avtoservis ustaxonalari ochish, qandolatchilik mahsulotlari ishlab chiqarish kabi 20 dan ortiq yo‘nalishlarga yo‘naltirilmoqda.
“Xonadonimda suv ta’minoti yaxshi yo‘lga qo‘yilgan. Bu mening baliqchilik bilan shug‘ullanishim uchun yaxshigina imkoniyat yaratadi. Hukumatimiz tomonidan berilayotgan imkoniyatdan unumli foydalangan holda intensiv usulda baliq parvarishlash bilan shug‘ullanishga qaror qildim”, - deydi Qo‘rg‘ontepa tumani istiqomat qiluvchi Abdurahim Xo‘jamberdiyev “Xalq so‘zi” muxbiri Saminjon Husanov bilan suhbatda.
Viloyat hokimligida tashkil etilgan ishchi guruhi a’zolari mavjud 878 ta mahalla fuqarolar yig‘inlarida bo‘lishib, fuqarolarning xohish – istaklari va imkoniyatlari o‘rganilyapti.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekiston Prezidenti va xalqiga Yangi yil bayrami munosabati bilan samimiy qutlovlar kelmoqda
- Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oʻzbekiston xalqiga Yangi yil tabrigi
- Erkinjon Turdimov: “Muammo binoda emas, muammo rahbar va uning ish uslubida”
- Prezident prokuratura organlari xodimlari va faxriylariga tabrik yoʻlladi
- “Katta sakrash” yoxud Oʻzbekiston sunʼiy intellekt va raqamli texnologiyalar rivojida yangi bosqichga qadam qoʻydi
- Oʻzbekistonda 2025-yilda 150 tonnadan ortiq sifatli qon tayyorlangan
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring