Andijonda 44 nafar amaldor jarimaga tortildi
Biznes ombudsman Andijon viloyatida 44 nafar amaldor jarimaga tortilganini maʼlum qildi.
Qayd etilishicha, tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil devoni tomonidan tadbirkorlar murojaatlarining oʻz vaqtida koʻrib chiqilishi tahlil qilinganda, ayrim amaldorlar tomonidan qonunbuzilish holatlari aniqlangan.
Vazirlar Mahkamasining 434-son qaroriga asosan, chorvachilik mahsulotlari uchun subsidiya ajratish boʻyicha tuzilgan tuman komissiyasi tomonidan 5 ish kun ichida elektron platforma orqali xulosa berilishi shartligi belgilangan.
Biroq, viloyatning 9 nafar tuman hokimining qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosarlari, 11 nafar tuman agroinspeksiya boʻlim boshliqlari, 16 nafar veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boʻlim boshliqlari va 8 nafar tuman moliya boʻlimi boshliqlari tomonidan tadbirkorlardan kelib tushgan murojaatlarga xulosa berishda muddat buzilishiga yoʻl qoʻyilgan.
Xususan, Asaka tuman hokimining qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosari tomonidan “Zumrad” (nomi oʻzgartirilgan) MCHJning 2023-yil 31-oktyabrdagi subsidiya ajratish haqidagi arizasi 2024-yil 19-yanvarda muddati oʻtkazib xulosa berilgan.
Andijon viloyatidagi 44 nafar mansabdor shu kabi qonunbuzilishi holatiga yoʻl qoʻygani oqibatida tadbirkorlarning murojaati oʻz vaqtida koʻrib chiqilmagan. Shu bois, Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 43-moddasiga asosan, qonunbuzilish holatlariga yoʻl qoʻygan masʼul shaxslar maʼmuriy javobgarlikka tortilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatlaridan iborat delegatsiya aʼzolari Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi (+fotoreportaj)
- Dunyo boʻylab qon va koʻzyosh bilan oʻtgan bir hafta — 20 ta suratda
- “Analog turmush tarzi”. Insonlarda sunʼiy intellektga qarshi kayfiyat kuchaymoqda
- Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universitetida “Yaldo kechasi” romanining taqdimoti oʻtkazildi
- “Butun el-yurtimizni birlashtiradigan ulugʻ bir gʻoya bor. U ham boʻlsa, Vatan manfaati, xalqimiz manfaatidir”
- “Nigilist pingvin”. Ruhan ezilgan va hayotdan maʼno izlayotganlar uchun noodatiy mem ommalashmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring