Amir Temur oʻgʻlonlari bellashdilar
Foto: Xalq so‘zi
Namangan shahridagi Chaqiriluvchilarni harbiy-texnik mutaxassisliklar boʻyicha tayyorlash markazida “Amir Temur oʻgʻlonlari» shiori ostida harbiy-maʼmuriy sektor rahbari sovrini uchun musobaqa tashkil etildi. Qurolli Kuchlar tashkil etilganining 31 yilligi hamda Vatan himoyachilari kunini nishonlashga tayyorgarlik doirasida oʻtkazilgan bellashuvda yoshlar oʻzlarining harbiy bilim va tushunchalari hamda jismoniy qobiliyatlarini namoyish etdilar.
Musobaqa oldidan kuch tuzilmalar tomonidan qurol-aslaha, jangovar texnikalar namoyishi uyushtirildi, harbiy xizmatchilarning koʻrgazmali qoʻl jangi chiqishlari, sanʼatkorlar va harbiy orkestr jamoasining vatanparvarlik mavzusidagi kuy- qoʻshiqlari ishtirokchilar qalbida vatanga boʻlgan sadoqat tuygʻularini mustahkamladi.

Bellashuv bahslarida Mudofaa vazirligi, Milliy gvardiya va Ichki ishlar vazirligiga qarashli harbiy qismlardagi muddatli harbiy xizmatchilar hamda Yoshlar ittifoqi viloyat Kengashining terma jamoalari maydonga tushdi. Ular vaqt boʻyicha AK-74 avtomatini qismlarga ajratish va yigʻish, biatlon, pnevmatik quroldan oʻq otish yoʻnalishidagi sport turlari, shuningdek, buyuk sarkarda Amir Temur hayoti va jangovar faoliyatiga bagʻishlangan intellektual tanlovlarda kuch sinashdilar. Musobaqa shartlari yakuniga koʻra, Mudofaa vazirligiga qarashli harbiy qismning “Sardorlar” jamoasi birinchi oʻrinni egalladi. Ichki ishlar vazirligi harbiy qismining “Lochinlar”, Mudofaa vazirligining “Bahodirlar” jamoalariga esa keyingi faxrli oʻrinlar nasib etdi.
Tadbir soʻngida barcha gʻolib va faol ishtirok etgan jamoalar viloyat hokimining tashakkurnomasi va diplomlari, qimmatbaho esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandilar.
Qudratilla NAJMIDDINOV, “Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
- “Dronlar dueli” yoxud Ukrainadan Erongacha boʻlgan sinov poligonlarida shakllangan yangi dunyo tartibi
- Toshkentda “UzFood 2026” va “OʻzuPACK 2026” Xalqaro koʻrgazmalari boʻlib oʻtmoqda (+fotoreportaj)
- “Soxta tetiklikning haqiqiy halokati”: energetik ichimliklarning sekin, ammo muqarrar yiqitish jarayoni haqida
- Shayxa Nosir Al Novays: “Men bu kabi yondashuvni avval koʻrmaganman”
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring