Amir Temur haqida yangi roman
Jahongir BOYMURODOV/“Xalq soʻzi”. Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi Qashqadaryo viloyati boʻlimi tashabbusi bilan taniqli adiba Sharofat Ashurova qalamiga mansub “Ilohiy tun” romani nashrdan chiqarildi. Mazkur romanda Amir Temur hazratlarining oʻsmirligi, yoshligi, yaʼni 30 yoshgacha Qarshi va Shahrisabzda kechgan hayoti qalamga olingan. Oʻz davrida Movarounnahr poytaxti boʻlgan Qarshining moʻgʻullardan tozalanishi va mustahkam qalʼa qurilishi haqida hikoya qilinadi.
Asar oʻtgan asr 80-yillarida yozilgan boʻlib, nashriyotlarda sargardon yurgan. 1995-yilda akademik Boʻriboy Ahmedov rahbarligidagi Amir Temur faoliyatiga doir asarlar komissiyasi tomonidan chop etishga tavsiya etilgan. 1996-yilda 10 ming nusxada romanning bir qismi qissa holida chop qilingan.
Uning sahifalarida hech bir asarda qalamga olinmagan voqealar, Shayx Shamsuddin Kulol, Temurbek, Komoloy, Taragʻay Bahodir, Amir Qazogʻon, Ali Nasafiy, Dovurbek, Yoʻqon Xotun, Husayn, Abdulla, Mubashir, Nurmush oqa kabi yorqin obrazlarda oʻsha davr qiyofasi chuqur talqin etilgan. Temurbek va doʻstlari boshiga tushgan balo-qazolar, piri murshidlarning bosqinchilarga qarshi xalq gʻalayonlariga rahbarlik qilishi, gʻalaba keltiruvchi janglarga tayyorgarlik davri oʻziga xos badiiy boʻyoqlarda tasvirlangan.
Toshkent shahridagi “Ochun” nashriyotida ming nusxada nashr etilgan kitobga akademik Akmal Saidov kirish soʻzi yozgan. “Sharofat Ashurovaning mazkur romani muxlislar qoʻliga yetib borarkan, asarda talqin etilgan qahramonlar ibrati, ayniqsa, yoshlarimizda katta ijobiy taassurot qoldirishiga ishonchim komil. Amir Temur hazratlarining millat erki, tili, ozodligi, xalqimiz shaʼnini koʻtarishda yoshlarga ibrat boʻlgulik koʻplab fazilatlari, yaʼni harbiy salohiyati, doʻstga sadoqati, muammolarni tez va rejali hal etishdagi qobiliyati, sezgirligi, jasurligi, sarbozlariga ishonishi, ortidan ergashgan insonlarni ora yoʻlda qoldirib ketmasligi kabi qadriyatlar zukko kitobxon eʼtiborini qozonishi tayin”, deya qayd etadi soʻzboshi muallifi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
- Toshkentda qilichbozlikning sablya yoʻnalishi boʻyicha Jahon kubogi bosqichi start oldi
- “Dronlar dueli” yoxud Ukrainadan Erongacha boʻlgan sinov poligonlarida shakllangan yangi dunyo tartibi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring