Akbar Joʻrayev jahon chempioni!

18:50 16 Dekabr 2021 Sport
2100 0

Poytaxtimizda oʻtkazilayotgan ogʻir atletika boʻyicha jahon chempionatida -109 kg. vazn toifasidagi bellashuvlar yakunlandi.

Unda ishtirok etgan hamyurtimiz, Tokio-2020 Olimpiadasi chempioni Akbar Joʻrayev oʻz vaznida mutlaq jahon chempionligini qoʻlga kiritdi.

Hamyurtimiz dast koʻtarish mashqida 195 kg. toshni boʻysundirib, ushbu dasturda oltin medalga sazovor boʻldi. Siltab koʻtarish mashqida umumiy hisobdagi chempionlik uchun Akbar Joʻrayev va Ruslan Nurudinov raqobat olib borishdi. Ikki ajoyib polvonlarimiz bahsida Tokio-2020 qahramonining qoʻli baland keldi.

Ogʻir atletika boʻyicha JCH.
Erkaklar, -109 kg:

1. Akbar Joʻrayev (Oʻzbekiston) – 433 (195+238) kg.
2. Ruslan Nurudinov (Oʻzbekiston) – 421 (185+236) kg.
3. Simon Martirosyan (Armaniston) – 416 (188+228) kg.

Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi ushbu muvaffaqiyat bilan Oʻzbekiston ogʻir atletika federatsiyasi, sportchilarimiz va millionlab muxlislarimizni tabriklab qoladi.

 

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?