Ayritom yirik savdo va ishlab chiqarish markaziga aylanmoqda

O‘zbekiston va Afg‘oniston chegarasida joylashgan Termiz tumani Ayritom mahallasi hududida “Termiz” erkin iqtisodiy zonasi barpo etilmoqda. Qariyb 80 gektar maydonni egallagan mazkur iqtisodiy zonada 120 dan ortiq yirik loyihani ishga tushirish ko‘zda tutilgan.
-Dastlabki bosqichda umumiy qiymati 66,2 million dollarga teng bo‘lgan 17 ta loyihani amalga oshirishga kirishdik, - deydi “Termiz” erkin iqtisodiy zonasi rahbari Ulug‘bek Sapiyev. - Shu yil noyabr oyida “IDENIM Textile” korxonasi ishga tushiriladi. Mazkur korxonada 1500 mingga yaqin xotin-qizr ish bilan taʼminlanadi. Bundan tashqari loyiha qiymati 15 million dollarga teng bo‘lgan, televizor va turli maishiy texnikalar ishlab chiqarishga mo‘ljallangan “IDENIM Electronics” korxonasi ham faoliyatini boshlaydi.
U. Sapiyev qayd etib o‘tgan 17 loyihaning ro‘yobga chiqarilishi natijasida bu yerda yiliga 15 ming dona televizor, 74 ming tonna un va un mahsulotlari, 438 ming dona chinni mahsulotlari, 3,5 ming tonna qurilish, fasad materiallari, 905 ming pogona/metr polietilen va polipropilen quvurlari hamda fitinglar
3 million dona bolalar tagligi va gigiyena vositalari, 1,5 ming tonna lak-bo‘yoq va boshqa turdagi mahsulotlar ishlab chiqariladi. Umuman aytganda, “Termiz” erkin iqtisodiy zonasida 120 ta loyiha to‘liq quvvat bilan ishlay boshlagach, bir yilda 1 trillion 100 milliard so‘mlik mahsulot isteʼmol bozoriga yetkazib beriladi.
Shuningdek, Vazirlar Mahkamasining joriy yil 2 fevraldagi qaroriga binoan mazkur hududda “Termiz xalqaro savdo markazi” ham tashkil etilmoqda. Qiymati 75 million dollarlik ushbu loyihaga ko‘ra, 1800 ta savdo nuqtasi, 50 ta logistika markazi, 15 ming qatnovli tibbiyot markazi, 400 o‘rinli 2 ta mehmonxona, avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatish markazi va 4 ta nazoratdan o‘tkazish punkti barpo etiladi. Jami 6 mingta ish o‘rni yaratiladi. Yillik savdo aylanmasi 500 million dollarga yetkazilib, yiliga 192 million dollarlik mahsulot eksport qilinadi. Pirovardida esa Ayritom yurtimizning yirik savdo va ishlab chiqarish markaziga aylanadi.
Ilhom RAHMATOV, “Xalq so‘zi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalar miqdori 10 foizga oshiriladi
- Eron va Isroil oʻrtasidagi ziddiyatlar xronologiyasi yoxud bugungi “urush”ning ildizi qayerda?
- Olimlar Alsgeymer kasalligidan himoya qiluvchi parhez haqida maʼlumot berishdi
- Dollar kursi oshishda davom etmoqda
- Parkentda yiliga 20 ming sayyohni qabul qiladigan turistik majmua ochilmoqda
- Oʻzgarishlarni soʻz bilan uygʻotgan jurnalist
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring