Ayrim shaxslarga soliqlarni boʻlib toʻlash imkoni beriladi

11:28 15 Oktyabr 2021 Jamiyat
1161 0

“Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Qonun (OʻRQ–722-son, 14.10.2021-y.) Prezident tomonidan imzolandi.

Qonun bilan Soliq kodeksiga bir qator oʻzgartirishlar kiritildi.

Xususan, Kodeksning 99-moddasiga kiritilgan oʻzgartirishga koʻra, Davlat soliq qoʻmitasi soliqlarni, shuningdek aylanmadan olinadigan soliqni belgilangan tartibda mol-mulkni garovga bermagan holda, kafilliksiz yoki bank kafolatisiz boʻlib-boʻlib toʻlash imkoniyatini taqdim etishga haqli ekanligi belgilandi (bundan daromad soligʻi, ijtimoiy soliq, toʻlov manbaida olinadigan foyda soligʻi mustasno).

Shuningdek, 100-moddaga kiritilgan qoʻshimchaga koʻra, faoliyatni 3 yildan ortiq vaqtdan buyon amalga oshirayotgan, soliqlarni oʻz vaqtida toʻlagan, ammo moliyaviy ahvoli soliq qarzini muddatida toʻlash imkoniyatiga ega boʻlmagan manfaatdor shaxslarga soliqlarni boʻlib-boʻlib toʻlash imkoniyati berilishi mumkin.

Kodeksning 378-moddasiga kiritilgan oʻzgartirishlarga koʻra, soliq toʻlovchining Oʻzbekiston Respublikasining professional (kasb-hunar maktablari, kollejlar, texnikumlar) va oliy taʼlim tashkilotlarida taʼlim olish (oʻzining, shuningdek 26 yoshga toʻlmagan farzandlarining yoki erining (xotinining) taʼlim olishi) uchun yoʻnaltiriladigan daromadlari soliqqa tortilmaydi (ilgari ushbu imtiyoz faqat oliy taʼlim boʻyicha tatbiq etilgan).

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер