Ayrim pedagoglarga malaka toifasi attestatsiyadan oʻtkazilmasdan toʻgʻridan-toʻgʻri beriladi

10:55 21 Noyabr 2021 Jamiyat
1765 0

Taʼlim tashkilotlarining quyidagi pedagoglariga malaka toifasi attestatsiyadan oʻtkazilmasdan toʻgʻridan-toʻgʻri beriladi:

— tumandagi sport musobaqalarida 1-oʻrinni olgan oʻquvchilarni tayyorlagan jismoniy tarbiya oʻqituvchilari – 2-malaka toifasi (katta oʻqituvchi);

— viloyatdagi sport musobaqalarida 1-oʻrinni olgan oʻquvchilarni tayyorlagan jismoniy tarbiya oʻqituvchilari – 1-malaka toifasi (yetakchi oʻqituvchi);

— xalqaro va respublika sport musobaqalarida 1-,2-,3-oʻrinni olgan oʻquvchilarni tayyorlagan jismoniy tarbiya oʻqituvchilariga – oliy malaka toifasi (bosh oʻqituvchi lavozimi);

— xalqaro matematika, fizika, kimyo, biologiya informatika olimpiadalarida oltin, kumush yoki bronza medal sovrindorlarini tayyorlagan oʻqituvchilarga – oliy malaka toifasi (bosh oʻqituvchi).

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?