Ayrim deputatlar asfalt qalinligini aniqlashi mumkin, lekin  normani tushinishda latta chaynaydi — Qodirov Kusherboyevga "namyok" qildi

09:35 07 May 2021 Jamiyat
3177 0

Qonunchilik palatasining deputati qonun ijodkorligi jarayonida charxlanadi. Bu Qonunchilik palatasining deputati uchun eng muhim masala. Bu charxlanganlikning darajasi qonun normalarini tushunish, tahlil qilish va odamlarga tushuntirish jarayonida koʻrinadi, deb yozmoqda deputat Alisher Qodirov.

«Deputatlarning koʻpida aynan shu xislat shakllangan, ular normalarni yaxshi tushunishadi va takliflar kiritishadi, tortishishadi. Lekin buni ommaga yetkazib berolmaydilar. Shu sababli juda foydali va charxlangan deputatlar ishlamayotgandek koʻrinadi.

Ayrim deputatlar esa asfaltni qalinligini aniqlashda professional boʻlishi mumkin, lekin normani magʻzini tushinishga kelganda lattachaynaydilar. Eng yomoni tushunmasa ham “odamlarga tushuntirishni” qoyillatishadi, bir narsani hidi kelishni boshlaganidan keyin koʻzini loʻq qilib “balki men tushunmayotgandirman, balki meni kallam ishlamayotgandir, lekin men shunday deb oʻylayman” deb turaveradi.

Odamlarni chalgʻitish yoki xato xabarni tarqalishini hisobga olmasak buni bir omining zararsiz goʻlligi desa ham boʻlaveradi», deydi u.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?