Ayrim chorvadorlarga qoramollarning har kilogrammi uchun 2000 soʻm subsidiya beriladi

10:48 16 Noyabr 2021 Jamiyat
1174 0

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Chorvachilik tarmoqlarini davlat tomonidan yanada qoʻllab-quvvatlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq qoʻshilgan qiymat soligʻi toʻlovchisi boʻlgan:

  • chorvachilik xoʻjaliklariga – oʻz xoʻjaliklaridagi yirik va mayda shohli qoramollar tirik vaznining har bir kilogrammi uchun 2 000 soʻm hamda sutining har bir litri uchun 200 soʻm;
  • parrandachilik xoʻjaliklariga – oʻz xoʻjaliklaridagi tuxumning har bir donasi uchun 50 soʻm hamda parranda goʻshtining har bir kilogrammi uchun 1 000 soʻm;
  • baliqchilik xoʻjaliklariga – intensiv usulda yetishtirilgan sovuq suv baliqlarining har bir kilogrammi uchun 3 000 soʻm, qolgan turdagi baliqlar uchun 1 000 soʻm miqdorida respublika byudjetidan subsidiya ajratiladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?