Aholining tibbiy madaniyatini oshirsak, shuning oʻzi orqali koʻzlagan maqsadlarimizga erishamiz — Prezident

14:46 07 May 2025 Siyosat
141 0

Foto: Prezident matbuot xizmati

Prezident Shavkat Mirziyoyev tibbiyot sohasidagi muammolarga yechim topish boʻyicha qilinishi lozim boʻlgan ishlarni belgilab berdi va yangi tashabbuslarni ilgari surdi.

Bugun, 7-may kuni davlat rahbari raisligida oʻtayotgan yigʻilishda koʻrib chiqiladigan masalalar boʻyicha salkam ikki yil tayyorgarlik koʻrilgani, xorijning ilgʻor tibbiyot markazlaridan ekspertlar jalb qilingani taʼkidlandi.

“Agar birlamchi boʻgʻin, raqamlashtirish va sugʻurtani joyiga qoʻysak, tibbiyot xodimlarini bilim va amaliy koʻnikmasini yaxshilasak, muhimi, aholining tibbiy madaniyatini oshirsak, shuning oʻzi orqali koʻzlagan maqsadlarimizga erishamiz”, dedi Prezident.

Endilikda birlamchi boʻgʻinda tibbiy xizmat sifatini oshirish boʻyicha yangi tizim boʻlishi belgilandi. Prezidentimiz buni Ishtixon tumanidagi bitta poliklinika misolida chuqur tahlillar asosida tushuntirib berdi.

Ishtixondagi “Oʻzbekiston” nomli poliklinikaga 7 ta mahalla biriktirilgan. Lekin 6 nafar oilaviy shifokor 9 ta shtatni band qilib, yuklamani eplay olmayapti. Bu poliklinikada yana 6 ta vrach shtati boʻsh.

Kafolatlangan paketga zarurati puxta oʻylanmasdan 90 turdagi dori kiritilgani bois poliklinikaga buning yarmi ham kelmayapti. Poliklinikadagi laboratoriya tahlilini birorta shifoxona tan olmaydi.

Eng koʻp murojaat bolalar kasalliklariga toʻgʻri kelgani bilan, oilaviy shifokorlarda koʻnikma yetishmagani uchun ular pediatr vazifasini toʻliq bajara olmayapti. Tugʻruq yoshidagi 9 ming ayol uchun bor-yoʻgʻi 1,5 stavka ginekolog shtati berilgan.

Aholining 35 foizi yurak-qon tomir, qandli diabet, oshqozon-ichak kabi surunkali kasalliklarga chalingan. Bunday kasalliklarni erta aniqlash, profilaktika qilish va asoratlarini kamaytirish boʻyicha tibbiyot brigadalarining ishi koʻrinmayapti.

Shu bois, ushbu tizim oʻzgarishi belgilandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер