Aholiga sifatli tibbiy yordam koʻrsatiladi

Said DONISHEV/“Xalq soʻzi”. Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Jizzax filialining angiografiya boʻlimi 700 million soʻm mahalliy byudjet mablagʻi evaziga rekonstruksiya qilinib, fuqarolarga birinchi sifatli tibbiy yordam koʻrsatish uchun zamonaviy sharoitlar yaratildi.
Ushbu boʻlimda koronorografiya, yurak toj-tomirlarini stentlash va tromblarni olib tashlash, elektrokardiostimulyator oʻrnatish, bosh miya qon tomirlarini stentlash va tromblarni olish, buyrak arteriyalarini stentlash, oyoq qon tomirlarini stentlash va kengaytirish, bachadon miomasini embolizatsiya qilish kabi tibbiy amaliyotlar olib boriladi.
— Bugungi kunda viloyatda 50 yoshdan oshgan aholining 25-30 foizi yurak ishemik kasalligi bilan dispanser nazoratida turadi, — deydi angiografiya boʻlimi boshligʻi Shahzod Asqarov. — Odatda, markazga yurak ishemik kasalligi tufayli birinchi yordam olish maqsadida murojaat qilinadi. 2023-yil mobaynida yurak xuruji bilan tushgan 116 nafar bemorning 37 nafarida erta diagnostika qilinmaganligi sababli miokard infarkti tashxisi qoʻyilgan. 201 nafar bemor ushbu kasallik bilan murojaat qilgan boʻlsa, ularning 57 nafarida biologik oʻlim qayd etilgan. Kelgusida bu kabi noxush holatlarning oldi olinishiga umid qilamiz.
Boʻlimga Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan 550 000 AQSH dollari hisobiga angiografiya tibbiy uskunasi keltirib oʻrnatildi. Mazkur uskunadan samarali foydalanish maqsadida 1 nafar tajribali intervension kardiolog shifokor jalb qilindi, Markazning 2 nafar shifokori maxsus kursda oʻqitildi, 3 nafar oʻrta tibbiy xodimi Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi angiografiya boʻlimida malaka oshirib keldi.
Mazkur boʻlim faoliyati natijasida bir yilda 100 dan ortiq miokard infarkti oʻz vaqtida, 300 dan ziyod infarktoldi va infarkdan keyingi holatdagi bemorlar hamda 100 dan ortiq ishemik insultlar bilan ogʻrigan bemorlarga yuqori texnologik yordam koʻrsatish imkoniyati yaratiladi. Shuningdek, tuman, shahar tibbiyot birlashmalaridagi soha mutaxassislari bilan telemeditsina yoʻlga qoʻyiladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalar miqdori 10 foizga oshiriladi
- Eron va Isroil oʻrtasidagi ziddiyatlar xronologiyasi yoxud bugungi “urush”ning ildizi qayerda?
- Olimlar Alsgeymer kasalligidan himoya qiluvchi parhez haqida maʼlumot berishdi
- Dollar kursi oshishda davom etmoqda
- Parkentda yiliga 20 ming sayyohni qabul qiladigan turistik majmua ochilmoqda
- Oʻzgarishlarni soʻz bilan uygʻotgan jurnalist
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring