Afsonaviy bokschi Mayk Tayson favqulodda kasalxonaga joylashtirildi

Foto: Reuters
AQSHning Mayami shahridan Los-Anjeles shahriga uchgan boks afsonasi Mayk Taysonni favqulodda kasalxonaga olib ketildi. Bu haqda «Los Angeles Times» xabar berdi.
Guvohlarning aytishicha, samolyot qoʻnishiga yarim soatdan koʻproq vaqt qolgan bir paytda «bortda shifokor bormi», degan eʼlon yangragan. Uchoq aeroportga qoʻnishi bilan Tayson toʻgʻri tez yordam mashinasida shifoxonaga olib ketilgan.
Bokschining vakili «The New York Post» nashriga bergan intervyusida «Temir Mayk»da hozir hammasi hammasi koʻngildagidek ekanini maʼlum qilgan.
«Janob Taysonda hammasi joyida. Qoʻnishimizga 30 daqiqada qolgan bir paytda Maykning oshqozonidagi yarasi bezovta qila boshladi. Buning natijasida bosh aylanishi, chanqoqdan ogʻiz qurishi holatlari yuzaga keldi. Baxtimizga hammasi koʻngildagidek oʻtdi. Samolyot bortida bizga birinchi yordamni bergan, keyinchalik shifoxonada gʻamxoʻrlik qilgan tibbiyot xodimlariga rahmat aytamiz», degan bokschining vakili.
Maʼlumot uchun, Mayk Tayson shu yilning 20-iyul kuni Arlingtonda Jeyk Polga qarshi jangda qatnashishi kerak edi. Mazkur voqea uning jangiga taʼsir oʻtkazadimi-yoʻqmi, hozircha nomaʼlum.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalar miqdori 10 foizga oshiriladi
- Olimlar Alsgeymer kasalligidan himoya qiluvchi parhez haqida maʼlumot berishdi
- Eron va Isroil oʻrtasidagi ziddiyatlar xronologiyasi yoxud bugungi “urush”ning ildizi qayerda?
- Dollar kursi oshishda davom etmoqda
- Parkentda yiliga 20 ming sayyohni qabul qiladigan turistik majmua ochilmoqda
- Oʻzgarishlarni soʻz bilan uygʻotgan jurnalist
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring