Afgʻonistondagi zilzila kuchi Oʻzbekiston hududida sezildi
Illyustrativ foto
Afgʻonistonda sodir boʻlgan zilzila kuchi Oʻzbekiston hududida ham sezildi. Bu haqda FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabar berdi.
Qayd etilishicha, zilzila bugun, 27-avgust kuni Afgʻonistonning Badaxshon viloyatida, soat 18:27 da sodir boʻlgan. Yer silkinishining episentrda sezilish kuchi 3 ballni tashkil qilgan.
Manbaga koʻra, yer qimirlashi 160 km chuqurlikda yuzaga kelgan, uning magnitudasi 5,7 ga teng. Zilzila epitsentri Toshkentdan 547 km janubiy-sharqda joylashgan.
Oʻzbekiston Respublikasi hududida sezilish kuchi:
• Surxondaryo viloyatida 2-3 ball, 342 km;
• Fargʻona viloyatida 2 ball, 431 km;
• Sirdaryo viloyatida 2 ball, 480 km;
• Jizzax viloyatida 2 ball, 483 km;
• Andijon viloyatida 2 ball, 486 km;
• Samarqand viloyatida 2 ball, 496 km;
• Namangan viloyatida 2 ball, 498 km;
• Qashqadaryo viloyatida 2 ball, 527 km;
• Toshkent shahrida 2 ball, 547 km.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 21-oktyabr – Oʻzbek tili bayrami kuni
- Oʻz xalqini Siz kabi chin dildan sevadigan davlat rahbarini uchratmadim – “ACWA Power” kompaniyasi boshqaruvi raisi Muhammad Abunayyan
- Imtiyozli shartlarda pensiyaga chiqish huquqini beruvchi roʻyxatni tuzish tartibi belgilandi
- Ish bilan bogʻliq baxtsiz hodisalar va kasbga oid kasalliklar haqidagi maʼlumotlarning yaxlit tizimi yoʻqligi koʻrsatib oʻtildi
- Har bir hududda “Kasaba uyushmalari bogʻlari” tashkil etiladi
- Lamin Yamal “Barselona”ni tark etishi mumkin
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring