Afg‘onistonda sodir bo‘lgan zilzila kuchi O‘zbekistonda ham sezildi

14:40 11 Yanvar 2024 Jamiyat
278 0

Illyustrativ foto

11 yanvar, Toshkent vaqti bilan 14:20 da Afg‘onistonda zilzila sodir bo‘ldi. Bu haqda FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabar berdi.

Zilzila koordinatalari: 36,7 gradus shimoliy kenglik; 70,34 gradus sharqiy uzunlikda qayd qilingan. Magnituda M=6. Chuqurlik 180 km. Zilzila episentri Toshkentdan 517 km janubiy-sharqda.

O‘zbekiston hududida sezilish kuchi:
Surxondaryo viloyatida 2-3 ball, 279 km.
Farg‘ona viloyatida 2 ball, 428 km.
Jizzax viloyatida 2 ball, 439 km.
Samarqand viloyatida 2 ball, 441 km.
Sirdaryo viloyatida 2 ball, 443 km.
Qashqadaryo viloyatida 2 ball, 466 km.
Andijon viloyatida 2 ball, 486 km.
Namangan viloyatida 2 ball, 492 km.
Toshkent shahrida 2 ball, 516 km.
Navoiy viloyatida 2 ball, 575 km.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?