Abdulla Aripov Oljas Bektenovni Qozogʻiston Respublikasi Bosh vaziri etib tasdiqlangani munosabati bilan tabrikladi
Joriy yilning 6-fevral kuni Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov Qozogʻiston Respublikasi Bosh vaziri Oljas Bektenov bilan telefon orqali muloqot oʻtkazdi.
Suhbat avvalida Oʻzbekiston Bosh vaziri Oljas Bektenovni Qozogʻiston Bosh vaziri etib tasdiqlagani munosabati bilan samimiy tabrikladi.
Shuningdek, Davlatlarimiz Rahbarlari tomonidan hukumatlarimiz oldiga Oʻzbekiston-Qozogʻiston strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada rivojlantirish yoʻlida qoʻyilgan muhim vazifalarni yaqin hamkorlikda amalga oshirishga umid bildirildi.
Avvalroq, Oʻzbekiston Bosh vaziri qozogʻistonlik hamkasbiga ushbu lavozimga tasdiqlangani munosabati bilan tabrik maktubi yuborgan edi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring