Abdulaziz Komilov navbatdagi vazirlar uchrashuvida ishtirok etish uchun Dushanbe shahriga boradi

14:09 21 Noyabr 2021 Siyosat
1058 0

2021-yilning 22-noyabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov “Yevropa Ittifoqi — Markaziy Osiyo” shaklidagi navbatdagi vazirlar uchrashuvida ishtirok etish uchun Dushanbe shahriga tashrif buyuradi.

Uchrashuvda Yevropa Ittifoqi va Markaziy Osiyo davlatlari oʻrtasidagi munosabatlarning hozirgi holati va istiqbollari, YEIning Markaziy Osiyo boʻyicha strategiyasini amalga oshirish masalalari muhokama qilinishi, oʻzaro munosabatlar istiqbollari hamda mintaqalararo hamkorlik samaradorligini oshirish yuzasidan fikr almashish rejalashtirilgan. 

Uchrashuv kun tartibiga xalqaro va mintaqaviy siyosat masalalari ham kiritilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?