O‘zbekistonda yana bir avtomobil zavodiga asos solinishi mumkin
Buxoro viloyatida elektromobil ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilishi mumkin. Bu davlatimiz rahbarining “2018-2019 yillarda investitsion va infratuzilma loyihalarini amalga oshirishni jadallashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori ijrosi doirasida ro‘yobga chiqariladi.
Mazkur hujjat asosida istiqbolli hududiy loyihalar ro‘yxati tasdiqlangan. Masalan, Buxoro viloyatida umumiy qiymati 273 million dollarlik yettita loyiha belgilangan. Ulardan biri muqobil energiya manbalari va elektromobillar ishlab chiqarishdir.
Ayni paytda mazkur loyihaga 64 million AQSH dollar miqdorida xorij investitsiyasi jalb etilishi aytilmoqda. Loyihani amalga oshirishning taxminiy muddati 2019-2020 yillar. Bu boradagi loyiha quvvati aniqlanyapti. Ushbu sohada xorijlik sarmoyador va sherik sifatida Xitoyning Henan Suda Electric Vehicle Technology Co., Ltd eng yirik elektromobil ishlab chiqaruvchi kompaniyasi ko‘rsatib o‘tilgan.
Xitoy brendiga 2010 yilda asos solingan. Ayni paytda u bozorga ikkita Suda Yinse va Suda Lance markasini yetkazib berayotir. 2017 yil martida esa elektromobil ishlab chiqarish bo‘yicha umumiy qiymati 377 million dollarlik va yillik quvvati 100000 donaga teng bo‘lgan yangi loyihasi haqida ma’lum qilgan edi.
Bundan tashqari, Buxoroda yana qator istiqbolli loyihalar, jumladan, Germaniya bilan (100 mln. dollar) hamkorlikda quyosh elektrostansiyasi, Turkiya bilan(15 mln. dollar) issiqlik konstruksiyalari, Xitoy bilan (30 mln.) DSP va DVP mahsulotlari ishlab chiqarish maqsad qilingan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- AQSH Adliya vazirligi Epshteyn ishi boʻyicha 3 millionta faylni eʼlon qildi
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Tramp Kubadan kelayotgan tahdid sabab AQSHda favqulodda holat eʼlon qildi
- Oʻzlikni anglash sari muhim qadam: “Milliy qadriyatlar atlasi” kitob-albomi taqdimot qilindi (+video)
- Buyuk shoirning Samarqanddagi tabarruk izlari
- Urush, jasorat va sport: hafta davomida dunyo eʼtiborini tortgan 10 ta surat
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring