40 yoshli Ronaldu uylanishga qaror qildi

Portugaliya terma jamoasi va Saudiya Arabistonining “Al-Nasr” klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu 40 yoshida uylanishga qaror qildi. Uning sevgilisi, taniqli model Jorjina Rodriges Instagram sahifasida qoʻlidagi nikoh uzugini namoyish etgan suratni eʼlon qildi. Kadrda Ronalduning qoʻli ham koʻrinib, u postda belgilab qoʻyilgan.
“Ha, roziman. Bu hayotda ham, abadiyatda ham”, deb yozdi Rodriges.
Toʻy sanasi va boshqa tafsilotlar hozircha maʼlum emas. Ronaldu ham turmush qurayotgani haqida hali izoh bergani yoʻq.
Jorjinaning nomsiz barmogʻidagi taqinchoqning asosi (ehtimol) platinadan yasalgan boʻlib, bu uning mustahkamligi va estetik koʻrinishini taʼminlaydi. Mazkur uzuk jami 15-37 karatlik olmos bilan bezatilgani taxmin qilinmoqda. Xususan, “Briony Raymond” uni 25-30 karat deb baholagan boʻlsa, “Kegan Fisher” kamida 15 karat, yon toshlari bilan birga esa 37 karatga yetganini taʼkidlagan.
Mutaxassislar uning qiymatini 2-5 million AQSh dollari atrofida baholamoqda. “Rare Carat” kompaniyasi bosh direktori Ajay Anand eng yuqori bahoni — 5 million dollar, “Lorel Diamonds” mutaxassisi Laura Teylor esa kamida 2 million dollar deb koʻrsatgan. “The Cut” nashri uzukning qiymatini 2-4 million dollar oraligʻida deb baholagan.
Aytish joiz, juftlik 2016-yildan beri birga. Ular besh nafar farzand — kichik Krishtianu, surrogat ona orqali tugʻilgan egizaklar Eva va Mateo, hamda ikki qiz – Alana Martina va Bella Esmeraldani tarbiyalamoqda.
Maʼlumot uchun, 40 yoshli Ronaldu — tarixdagi eng sovrindor futbolchilardan biri, besh marotaba “Oltin toʻp” sohibi. U shu vaqtgacha hech qachon rasmiy nikohda boʻlmagan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda dollar kursi pastladi
- “Bunyodkor” murabbiyi Sergey Arslanov vafot etdi
- Qondagi glyukozani pasaytirish uchun kechki ovqatlanishning ideal vaqti maʼlum boʻldi
- Sardobaning siri nimada?
- Kamchatka sohillaridagi kuchli zilziladan soʻng Oʻzbekiston Konsulligi vatandoshlarimizga murojaat qildi
- Buxorolik doktorant nimaning evaziga Prezident sovgʻasi – avtomobilga ega boʻldi?
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring