2025-yilda Oʻzbekistonda norasmiy sektor tomonidan bajarilgan qurilish ishlari hajmi 69,9 trln soʻmni tashkil etdi

19:59 11 Yanvar 2026 Jamiyat
237 0

Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2025-yilning yanvar–noyabr oylarida Oʻzbekistonda norasmiy sektor tomonidan bajarilgan qurilish ishlari hajmi 69,9 trln soʻmni tashkil etdi. Bu koʻrsatkich 2024-yilning shu davriga nisbatan 6,9 foizga oʻsgan boʻlib, norasmiy sektorning mamlakat qurilish bozoridagi faolligi barqaror tarzda ortganini koʻrsatadi.

Qayd etilishicha, hisobot davrida norasmiy sektor hissasi jami qurilish ishlari hajmining 25,5 foiziga teng boʻldi. Bu esa har toʻrtinchi soʻmlik qurilish ishlari aynan norasmiy iqtisodiy faoliyat doirasida amalga oshirilganini anglatadi.

Statistik maʼlumotlar yillar kesimida ham izchil oʻsish tendensiyasini namoyon qilmoqda. Jumladan, 2021-yilning yanvar–noyabr oylarida norasmiy sektor tomonidan 18,5 trln soʻmlik qurilish ishlari bajarilgan boʻlsa, 2022-yilda bu koʻrsatkich 20,9 trln soʻmga yetgan. 2023-yilda hajm 25,1 trln soʻmni tashkil etgan boʻlsa, 2024-yilda keskin oʻsib, 61,2 trln soʻmga chiqqan. 2025-yilda esa mazkur koʻrsatkich yana oshib, 69,9 trln soʻmga yetdi.

Mutaxassislar ushbu dinamikani aholi tomonidan individual qurilish ishlari faollashgani, kichik pudratchilar sonining ortishi hamda rasmiy sektordan tashqarida amalga oshirilayotgan qurilish loyihalari koʻlamining kengayishi bilan izohlamoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?