2024-yilning “Bitcoin”dan ham daromadliroq mahsuloti qaysi?
Kakao 2024-yilda asosiy xomashyo mahsulotlari orasida eng serdaromadiga aylandi. Bu mahsulot qiymati hatto “Bitcoin” va AQSH fond birjasini ortda qoldirgan. Bu haqda “MarketWatch” moliya nashri xabar berdi.
Mart oyida kakaoning 1 tonnasi narxi 11 954 dollarga yetdi. Yaʼni mahsulot qiymati yil boshiga nisbatan deyarli 185 foizga oʻsdi. Solishtirish uchun: “Bitcoin” 128 foiz, S&P 500 indeksi 25 foiz qimmatlashgan.
Nashr yozishicha, kakao narxi oʻsishdan toʻxtashiga umid qilmasa ham boʻladi. Chunki 2023/2024-qishloq xoʻjaligi yilida soʻnggi 60-yildagi eng jiddiy taqchillik kuzatildi.
Kamhosillikning asosiy sababchisi — Gʻarbiy Afrikadagi noqulay ob-havo sharoiti. Okeanlar oʻta isib ketib, shundoq ham ikki yildan buyon iqlim oʻzgarishlaridan talafot koʻrayotgan kakao daraxtlariga yanada salbiy taʼsir koʻrsatdi.
Oktyabr oyida Gʻarbiy Afrikaning ayrim hududlarida hukm surgan nam havo kakao daraxtlariga ziyon yetkazdi. Yaqinda yuz bergan quruq changli shamol ham bahorda yigʻib olinadigan hosilga xavf solmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nodirbek Abdusattorov Pragadagi shaxmat festivalida chempionlikni qoʻlga kiritdi
- Matchanov Umirzak Seitjanovichning iqtisodiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi eʼloni
- Yaqin Sharqdagi keskinlikning narxi: AQSH, Isroil hamda Eron urush uchun qancha sarflayapti?
- “Barselona” qiyin gʻalabani qoʻlga kiritdi
- Ayollar Osiyo chempionati musobaqasining 3-tur oʻyinlari davom ettirildi
- Tramp Erondagi harbiy operatsiya “deyarli yakunlanganini” maʼlum qildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring