2023-yilda davlat buyurtmasi asosida sahnalashtirilgan spektakllarga qancha mablagʻ ajratilgani ochiqlandi
2023-yilda davlat buyurtmasi asosida spektakllar sahnalashtirish uchun yil davomida 40 ta spektaklga 12,5 mlrd. soʻm mablagʻ ajratildi. Bu haqda AOKAda oʻtkazilgan brifingda Madaniyat vazirligi boshqarma boshligʻi Husniddin Eshdavlatov maʼlum qildi.
Ushbu mablagʻlar maqsadli sarflangan holda, “Beruniy”, “Bobur sogʻinchi”, “Yulduzli tunlar”, “Kunduzsiz kechalar”, “Buyuk ipak yoʻli”, “Choʻpon afsonasi” kabi tarixiy asarlar sahnalashtirildi.
2023-yil noyabr oyining birinchi oʻn kunligida Ozarbayjon Respublikasi Baku shahrida boʻlib oʻtgan “Turksoy xalqaro teatrlar festivalida” Samarqand viloyati musiqali drama teatri Alisher Navoiyning “Layli va Majnun” dostoni asosida, rejissyor А.Холмўминов tomonidan sahnalashtirilgan “Layli va Majnun” spektakli festivalning oliy mukofoti “Eng yaxshi spektakl” nominatsiyasida gʻolibi boʻldi.
“Oʻzbeksirk” davlat muassasasining 4 nafar ijodiy xodimi 2024-yil yanvar oyida Monta Karlo Xalqaro sirk festivalida ishtirok etishi belgilangan.
2024-yildan har bir teatrda zamonaviy yondashuv asosida eksperimental spektakllar sahnalashtirish yoʻlga qoʻyilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- G20 sammitining Janubiy Afrikada oʻtkazilishi sharmandali holat – Tramp
- AQSH va Britaniya Suriya muvaqqat prezidenti Axmad ash-Sharʼani “qora roʻyxat”dan chiqardi
- Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi Jahon chempionatidagi ikkinchi oʻyinida magʻlub boʻldi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasining xalqaro musobaqa uchun qaydnomasi eʼlon qilindi
- Yosh oʻzbek yozuvchisining asari Xalqaro bolalar adabiyoti kengashining faxriy roʻyxatiga kiritildi
- Turkiya sudi Netanyahuni Gʻazoda genotsid sodir etganlikda ayblab, hibsga olish orderini maʼqulladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring