2022-yilda qoʻshimcha dam olish kunlari belgilandi

16:42 21 Dekabr 2021 Jamiyat
78351 0

“2022-yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qoʻshimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini koʻchirish toʻgʻrisida”gi Prezident Farmoni (PF–35-son, 20.12.2021-y.) qabul qilindi.

Farmonga muvofiq, 2022-yilda quyidagi dam olish kunlari belgilandi:

— barcha xodimlar uchun: 3-yanvar – dushanba, 22-mart – seshanba, 23-mart – chorshanba, 11-iyul – dushanba, 2-sentabr – juma;

— 6 kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun: 4-yanvar – seshanba, 4-may – chorshanba, 5-may – payshanba, 12-iyul – seshanba, 3-sentabr – shanba va 31-dekabr – shanba.

5 kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun dam olish kunlari qoʻyidagicha koʻchirildi:

— 8-yanvar – shanba 4-yanvar – seshanba kuniga;

— 7-may – shanba 4-may – chorshanba kuniga;

— 14-may – shanba 5-may – payshanba kuniga;

— 16-iyul – shanba 12-iyul – seshanba kuniga.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?