2021-yilda 4 mln 570 ming tonna koʻmir qazib olinadi
Bu haqda AOKAda oʻtkazilgan brifingda «Oʻzbekkoʻmir» AJ axborot xizmati rahbari Neʼmat Dushayev maʼlum qildi:
— 2021-yilda aksiyadorlik jamiyatida 4 mln 570 ming tonna koʻmir qazib olish rejalashtirilgan. Bu oʻtgan yilga nisbatan 67 ming tonnaga koʻp boʻlib, ayni paytda oylik, choraklik rejalar bajarilishi taʼminlanmoqda. Xususan, may oyida mavjud konlardan 383 ming 465 tonna koʻmir qazib olindi. Bu rejadagidan 3 ming 465 tonnaga koʻp.
May oyida issiqlik elektr stansiyalariga — 293 ming 856,8 tonna, byudjet tashkilotlariga — 111 ming 740 tonna koʻmir yuklandi.
Korxonada bu yil asosiy eʼtibor koʻmir ustki qatlamini ochish ishlariga qaratilmoqda. May oyida kon ustki qatlamini ochish ishlari 2 million 919 ming kub metrga teng boʻldi va bu boradagi reja ham 101,8 foizni tashkil etdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nodirbek Abdusattorov Pragadagi shaxmat festivalida chempionlikni qoʻlga kiritdi
- Matchanov Umirzak Seitjanovichning iqtisodiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi eʼloni
- Yaqin Sharqdagi keskinlikning narxi: AQSH, Isroil hamda Eron urush uchun qancha sarflayapti?
- “Barselona” qiyin gʻalabani qoʻlga kiritdi
- Ayollar Osiyo chempionati musobaqasining 3-tur oʻyinlari davom ettirildi
- Tramp Erondagi harbiy operatsiya “deyarli yakunlanganini” maʼlum qildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring