Maktab yoshida katta yutuqlarga erishgan dasturchi
Hozirgi yoshlarning intilishi, gʻayrat-shijoati hayratga soladi. Ularning kompyuter texnikasi, dasturiy taʼminot, elektron tijorat, telekommunikatsiya hamda zamonaviy texnologiyalarga ishtiyoqi baland. Shunday iqtidor egalaridan biri Muhammadsodiq Ubaydullayev Namangan shahridagi 12-maktabning 10-sinfida tahsil oladi. U 12 yoshida IT sohasiga kirib kelgan. 2021-yildan buyon mustaqil frilanser sifatida faoliyat yuritib, hozirga qadar 20 dan ortiq loyihalar muallifiga aylangan.
Axborot texnologiyalari boʻyicha oʻzlashtirilgan bilim va koʻnikmalar Muhammadsodiqqa istiqbol eshiklarini ochdi. U hozirdanoq poytaxtimizdagi “KPI COM” kompaniyasi bilan mehnat shartnomasini tuzgan, full-stack dasturchisi lavozimida faoliyat yuritmoqda. Ayni paytda bir qator xorijiy davlatlar bilan hamkorlikda ish olib bormoqda. Bundan tashqari, “Datasite Academy” oʻquv markazida turli yoshdagi 30 dan ortiq oʻgʻil-qizlarga axborot texnologiyalari yoʻnalishida saboq ham berib kelmoqda.

– Kelajakda maxsus brend ostida oʻz shaxsiy kompaniyamni tashkil etishni maqsad qilganman, – deydi M. Ubaydullayev. – Ayni chogʻda transport yoʻnalishida start-up loyiha ustida ish olib boryapman. Albatta, maktabni tugallagach, nufuzli oliygohlardan biriga kirish va fundamental bilimlarni egallash vazifasi eng ustuvor rejamdir.
Saudiya Arabistoni va Birlashgan Arab Amirligidagi bir qator korxonalarning veb-saytlarini yaratgan yosh dasturchidan oylik daromadi haqida soʻraganimizda, u kamtarlik bilan 15 million soʻmdan ziyod pul topayotganini aytdi. Yoshlik – bu intilish, mehnat va haqiqiy iqtidorni rivojlantirish vaqtidir. Muhammadsodiqning erishgan yutuqlari har bir yosh uchun ibrat va ilhom manbaidir. Intilish va bilim orqali har kim oʻz orzusiga erishishi mumkin.
Qudratilla NAJMIDDINOV
(“Xalq soʻzi”).
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
- Fargʻonada Navroʻz: tinch-osoyishta hayot zavqi, dorilamon kunlar shukronasi...
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
- Markaziy Osiyoning intellektual merosini ulugʻlashda yangi bosqich Toshkentda boshlanmoqda — The Washington Post
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring