12 ming dollar evaziga IIV Akademiyasi qoshidagi Serjantlar tayyorlash maktabiga oʻqishga kiritib qoʻymoqchi boʻlgan shaxs ushlandi
Serjantlar tayyorlash maktabiga oʻqishga kiritib qoʻymoqchi boʻlgan firibgar ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Departament xabar berdi.
Qayd qilinishicha, Departament, DXX hamda IIBning Yunusobod tumani boʻlimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro A.N. va D.N.lar oldindan til biriktirib, yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali fuqaro J.ni IIV Akademiyasi qoshidagi Serjantlar tayyorlash maktabiga oʻqishga kiritib qoʻyish masalasini 12 000 AQSH dollariga hal qilib berishga kelishib, shundan 6 000 AQSH dollarini firibgarlik yoʻli bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28,211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- Germaniyada oʻquvchilar harbiy chaqiruvga qarshi namoyishga chiqdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring