12-mart dunyo bozoridagi eng yomon kun deb topildi. Yoxud bir kunda dunyodagi eng boy odamlar 78 mlrd. dollar yoʻqotdi

21:40 13 Mart 2020 Dunyo
1862 0

Illyustrativ foto

Dow Jones indeksida joriy yilning 12-mart kuni 1987-yildan buyon eng katta shoʻngʻish roʻy berdi.

Dunyodagi 20 nafar eng boy odamning umumiy boyligi bir kunda 78 milliard dollarda ziyodga kamayib ketdi. Bu haqda Forbs maʼlum qildi.

Ushbu voqealar 12-mart kuni sodir boʻldi.

Bundan jahonning eng badavlat odami Jeff Bezos eng koʻp zarar koʻrsa-da, u boyligi 100 mlrd. dollardan koʻp boʻlgan sayyoramizdagi yagona inson boʻlib qoldi. Chunki Bill Geytsning kapitali payshanba kuni ushbu koʻrsatkichdan pasayib ketdi.

Oʻz navbatida shu kuni koronavirus pandemiyasi qarshi kurashishga qaratilgan chora-tadbirlar fonida Dow Jones indeksi 1987-yildagi “qora dushanba”dan keyingi eng yirik shoʻngʻishga uchradi va dunyo bozorlari agʻdar-toʻntar boʻlib ketdi.

12-mart kuni savdolar yopilishida Dow Jones Industrial Average indeksi 10 foiz yoki 2352 punktgacha tushdi. S&P 500 indeksi 9,5, Nasdaq Composite indeksi 9,4 foiz pasaydi. Yevropada esa Britaniya fond birjasining FTSE 100 indeksi oxirgi 30 yildagi eng yomon kunini boshdan kechirdi, uning koʻrsatkichi 10,87 foiz kamaydi.

Indekslarning “oʻpirilishi” 11-mart kuni AQSH prezidenti Donald Tramp koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olish maqsadida AQSHdan Yevropaning 26 davlatiga parvozlar taqiqlanganini eʼlon qilganidan soʻng roʻy berdi. Shundan soʻng JSST ham koronavirus pandemiyaga aylanganini eʼlon qildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер