110 nafar abituriyentning tana harorati 37 darajadan yuqori ekanligi sababli test sinovlariga kiritilmagani maʼlum boʻldi

2021-2022-oʻquv yili uchun oliy taʼlim muassasalarining bakalavriat taʼlim yoʻnalishlariga kirish test sinovlari 2021-yil 5-avgustdan 16-avgustga qadar 12 kun davomida kuniga 2 smenada boʻlib oʻtdi.
Test sinovlari Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida tanlab olingan 53 ta ochiq maydon (stadion va xiyobon) da oʻtkazildi.
Unda ishtirok etishi belgilangan 948 211 nafar abituriyentdan 892 242 nafari (94,1%) ishtirok etgan boʻlsa, 55 969 nafari (5,9%) turli sabablarga koʻra test sinovlarida ishtirok etmadi.
Test sinovlarida eng koʻp abituriyent Toshkent shahri (172 400 nafar) hamda Qashqadaryo (91 855 nafar) va Samarqand (85 987 nafar) viloyatlarida ishtirok etdi.
Jami 563 nafar (948 211 nafardan) abituriyent, jumladan 328 nafari (892 242 nafardan) test sinovi jarayonida, 235 nafari (55 969 nafardan) hududga kirishda tartib-qoidani buzganligi sababli test sinovidan chetlatildi.
Test sinoviga kelgan vaqtda 110 nafar abituriyentning tana harorati 37º C dan yuqori ekanligini aniqlanganligi sababli boshqa abituriyentlarning salomatligini oʻylagan holda tegishli dalolatnoma rasmiylashtirilib, test sinovlariga kiritilmadi. Ular uchun 30-avgustga qadar qoʻshimcha test sinovlarini tashkil etish rejalashtirilgan.
Hududga kirishda barcha abituriyentlar shaxsni identifikatsiyalash vositalari (videofiksatsiya, barmoq izi skaneri) orqali shaxsi tasdiqlangan holda test sinovlariga kiritildi. Test sinovi jarayoni toʻliq videokuzatuv ostida oʻtkazilib, test2021.uz sayti orqali onlayn translyatsiya qilib borildi.
Abituriyentlar test sinovida ishtirok etgan kunining ertasigayoq my.dtm.uz sayti orqali oʻzlari ishlagan javoblar varaqasining rangli skaner qilingan holatini yuklab olishlari va test sinovida toʻplagan ballarini bilishlari mumkin boʻldi.
Shuningdek, test sinovlarida shaffoflikni yana-da oshirish maqsadida mandat.dtm.uz sayti ishga tushirilib, mazkur sayt orqali abituriyentlarga boshqa abituriyentlarning natijalari bilan ham tanishib borish imkoniyati yaratildi.
Test natijalariga koʻra 75 nafar abituriyent maksimal 189 ball toʻplashga muvaffaq boʻldi. Eng koʻp maksimal ball olgan abituriyentlar Toshkent davlat yuridik universiteti (22 nafar), Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti (13 nafar) hamda Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti (11 nafar) ni tanlaganlar orasida kuzatildi.
Hozirda test sinovida ishtirok etgan barcha abituriyentlarning test natijalari eʼlon qilingan boʻlib, tana harorati yuqori boʻlgan va koronavirusga chalingan abituriyentlar uchun qoʻshimcha test sinovlari oʻtkazilgandan soʻng yakuniy tanlov natijalari hisoblanadi va Davlat komissiyasining bayoni bilan eʼlon qilinadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalar miqdori 10 foizga oshiriladi
- Eron va Isroil oʻrtasidagi ziddiyatlar xronologiyasi yoxud bugungi “urush”ning ildizi qayerda?
- Olimlar Alsgeymer kasalligidan himoya qiluvchi parhez haqida maʼlumot berishdi
- Dollar kursi oshishda davom etmoqda
- Parkentda yiliga 20 ming sayyohni qabul qiladigan turistik majmua ochilmoqda
- Oʻzgarishlarni soʻz bilan uygʻotgan jurnalist
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring