105 yoshli urush qatnashchisi vafot etdi
Temur ESHBOYEV/“Xalq soʻzi”. Navoiy viloyatining Karmana tumanidagi Doʻrman mahallasida istiqomat qilgan urush va mehnat faxriysi Pirnazar bobo Turdiyev vafot etdi.
Pirnazar bobo urushning dastlabki kunlaridayoq harbiy xizmatga chaqirilib, 1947-yilda yurtga qaytgan. Toʻrt marta qattiq yaralgan. Ikki bor uyiga qoraxat kelgan.
Frontdan qaytgach, qirq yil jamoa xoʻjaligining traktor parkida temirchilik qilgan.
Bobo hayot boʻlganida joriy yilning 20-mayida 106 yoshni qarshi olardi. Umrining oxirigacha faollik koʻrsatgan P. Turdiyev mamlakatimizdagi siyosiy jarayonlar — saylov va referendumlarga oʻz oyogʻi bilan kelib, jamoat ishlarida ham ishtirok etishni kanda qilmagan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga kirish narxlari eʼlon qilindi
- Toshkent viloyatida Abdulla Oripov uy-muzeyi ochildi
- Loyihaoldi va xarid hujjatlarini kompleks ekspertiza qilish tizimi samaradorligi oshiriladi
- “Oʻzgidromet” shoshilinch ogohlantirish eʼlon qildi
- Toshkentda “zaklatchik”larni ushlagan inspektorga muddatidan oldin mayor unvoni berildi
- Togʻ-kon sanoatidagi yirik investitsiya loyihalarini jadallashtirish chora-tadbirlari muhokama qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring