Fargʻona viloyatida 34 ta buyurtmachi tashkilot mansabdorlari jarimaga tortildi
Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasining Fargʻona viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat xaridlari toʻgʻrisida” va “Raqobat toʻgʻrisida«gi Qonun talablariga rioya qilinishi borasida joriy yilning 15-iyun holatida 1030 ta lot boʻyicha 2471,1 milliard soʻmlik tanlov va tender savdolari yuzasidan oʻrganish ishlari olib borildi.
— Oʻrganish yakuni boʻyicha amaldagi tartibga rioya etmagani uchun 34 ta buyurtmachi tashkilotning mansabdor shaxslariga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi “Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisida«gi Kodeksining 279-281-moddalariga asosan maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisida bayonnoma tuzilib, Jinoyat ishlari boʻyicha tuman, shahar sudlari orqali maʼmuriy jarimalar qoʻllanildi,—deydi hududiy boshqarma bosh mutaxassisi Bahodirjon Umaraliyev. — Shu bilan birga hududiy boshqarma tomonidan yuqoridagi buyurtmachi tashkilotlarning mansabdor shaxslariga “Davlat xaridlari toʻgʻrisida” va “Raqobat toʻgʻrisida«gi Qonun talablariga rioya qilinishi boʻyicha tegishli qaror hamda koʻrsatmalar berildi.
Ayni yoʻnalishda hududiy boshqarma mutaxassislari tomonidan viloyatdagi barcha shahar va tumanlarda “Davlat xaridlari sohasida qonunchilik ijrosi” mavzusida muntazam ravishda seminar-treninglar oʻtkazib kelinmoqda. Uchrashuvlarda davlat xaridlari sohasida qonunchilik ijrosi boʻyicha tushuntirish ishlari olib borilmoqda.
Botir MADIYOROV, “Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
- Toshkentda qilichbozlikning sablya yoʻnalishi boʻyicha Jahon kubogi bosqichi start oldi
- “Dronlar dueli” yoxud Ukrainadan Erongacha boʻlgan sinov poligonlarida shakllangan yangi dunyo tartibi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring