Qoʻqon bozori zamonaviy mezonlar asosida yangitdan bunyod etiladi
Foto: “Xalq soʻzi”
Xabaringiz bor, Fargʻona viloyatining Qoʻqon shahrida joylashgan ulgurji buyum bozorida yongʻin kelib chiqqan edi. Yongʻin oqibatida koʻplab tadbirkorlarning mahsulotlari hamda savdo doʻkonlariga katta zarar yetdi.
Ayni kunlarda ushbu bozordagi doʻkonlarni qisqa muddatda toʻliq qayta tiklash boʻyicha keng koʻlamli ishlar olib borilmoqda. Shu maqsadda bu yerda amalga oshirilayotgan qurilish-bunyodkorlik ishlarini muvofiqlashtirish va nazorat qilish uchun hududda Fargʻona viloyati hokimligi shtabi tashkil etildi.
Viloyatdagi qurilish tashkilotlari koʻmagida 2000 nafardan ziyod hasharchi, kerakli jihoz va texnika vositalari jalb etilgan holda bozor hududida dastlab tozalash ishlari amalga oshirildi. Qurilish va uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi tomonidan bozorning yangi loyihasi ishlab chiqildi hamda tasdiqlandi.
— Belgilangan yumushlarni oʻz vaqtida va sifatli bajarilishi har kuni monitoring qilinib, tegishli tavsiyalar berib borilmoqda, — deydi Fargʻona viloyati hokimi oʻrinbosari Hojiqoʻzijon Isaqov. — Rejaga koʻra, bozor hududida 977 ta savdo doʻkoni qurib bitkaziladi. Buning uchun 37 ta qurilish-pudrat tashkilotlari jalb etilgan.
Botir MADIYOROV, “Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Ilm-fan sohasida xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyatlarga bagʻishlangan anjuman
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Milliy naqshlarda oʻzligimiz namoyon
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring