“Qo‘qonlik tadbirkorlarimiz xotirjam bo‘lsin, biz hech kimni o‘z holiga tashlab qo‘ymaymiz” — Shavkat Mirziyoyev Qo‘qonda bo‘lgan yong‘in haqida munosabat bildirdi
“Bir masalaga alohida to‘xtalib o‘tsam. Shu haftada Qo‘qondagi buyum bozorida sodir bo‘lgan yong‘in yuzlab tadbirkorlarimizga zarar yetkazdi.
Qo‘qonlik tadbirkorlarimiz xotirjam bo‘lsin, biz hech kimni o‘z holiga tashlab qo‘ymaymiz!
Bu bozor uzog‘i bilan bir oyda to‘liq tiklab beriladi, bunga barcha kuch va vositalarni safarbar qilamiz. Kim qaysi do‘konda faoliyat yuritgan bo‘lsa, o‘sha yerda tadbirkorligini davom ettiradi.
Yong‘indan zarar ko‘rgan barcha tadbirkorlarning kredit va soliq to‘lovlari muddati kechiktiriladi. Ularning qaytadan “oyoqqa turib olishlari” uchun aylanma mablag‘ uchun imtiyozli kreditlar ajratiladi.
Yong‘in oqibatida bozorga tutash hududlarda zarar ko‘rgan aholi xonadonlari to‘liq ta’mirlab beriladi.
Umuman, yetakchi loyiha tashkilotlarini jalb qilib, bozorlarni zamonaviy, qulay, barcha xavfsizlik talablariga javob beradigan savdo komplekslariga aylantirish bo‘yicha katta dastur qabul qilamiz”, — dedi Shavkat Mirziyoyev.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Doʻstlik va hamkorlikni kengaytirgan forum (+fotoreportaj)
- «Yevroosiyo Banki» Aksiyadorlik jamiyatining tugatish komissiyasi xabari
- Namangan – yangilanish va goʻzallik shahri
- Oʻzbekiston yoki Misr. Qaysi terma jamoa kuchli?
- Yangilanayotgan Markaziy Osiyo: birlik, doʻstlik va hamkorlikning yangi bosqichi
- Nogironligi boʻlgan fuqarolarga 30 mln soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring