“WikiStipendiya” loyihasining yangi mavsumiga start berilmoqda

Koʻpchilik yoshlarning sevimli loyihasiga aylanib ulgurgan “WikiStipendiya” bugun 1 yoshda.
Taʼkidlash joizki, loyihaga start berilganiga 1 boʻlishiga qaramay koʻplab quvonarli yutuqlarga erishdi. Oʻzbek tilidagi maqolalar soni qariyb 100 mingtaga oshirilib, 239 mingtaga yetkazildi. Oʻzbekcha Vikipediya butunjahon vikipediyalari tizimida 62 oʻrindan 44 oʻringa koʻtarildi, yaʼni 18 pogʻonaga yuqoriladi. Maqolalar soni boʻyicha esa Markaziy Osiyoda birinchilikka erishildi. “WikiStipendiya” marafonining birinchi mavsumidayoq 300 nafarga yaqin yoshlar ishtirok etishdi va ularning mehnatlari samarasida yuqoridagi natijalar qayd etildi.
Poytaxtimizdagi “Kitoblar olami” majmuasida “WikiStipendiya II” loyihasiga bagʻishlangan matbuot anjumani boʻlib oʻtdi.
Anjumanda Vikipediya administratorlari, yoshlar, turli idora va tashkilotlarda faoliyat yurituvchi xodimlar, jurnalistlar qatnashishdi.
Tadbir avvalida Yoshlar ishlari agentligi direktorining davlat tili masalalari boʻyicha maslahatchisi, loyiha tashkilotchisi Mehrinoz Abbosova soʻzga chiqib, loyihaning ahamiyati, bugungi kundagi yutuqlari borasida alohida toʻxtaldi.
Soʻngra oʻzbekcha Vikipediya administratori Nodir Atayevga soʻz berildi. U “WikiStipendiya” loyihasi doirasida 2022-yilda amalga oshirilgan va 2 mavsumda oʻtkazilishi rejalashtirilayotgan ishlar boʻyicha taqdimot qildi.
— “WikiStipendiya”ning ikkinchi mavsumida xorijiy tillarga tarjima marafoni, statusli maqolalar tanlovi, “Wiki-tur”, “WikiQuiz” kabi bir qator yangi loyihalar tashkil etishni rejalashtirganmiz, — dedi vikiadministrator Jamshid Nurqul. — Mazkur loyihalar orqali oʻzbekcha Vikipediyadagi maqolalar sifatini yaxshilash hamda ularning sonini oshirishni maqsad qilganmiz. Oʻylaymanki, oʻzbekcha Vikipediya yaqin yillarda hatto inglizcha Vikipediyani ham ortda qoldirib, foydalanuvchilar undan istalgan narsani topishlari mumkin boʻladi.
Anjuman soʻnggida mehmon va OAV vakillari oʻzlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.
Rahmatjon BOBOJONOV, “Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Saudiya Arabistonida “Oʻzbekiston madaniyati kunlari” davom etmoqda
- Toshkentda “Oʻzbekkosmos” va “NASA” agentliklari hamkorligida “NASA Space Apps Challenge 2025” Hakaton tadbiri oʻtkazilmoqda
- Super oy: Bugun Yerning tabiiy yoʻldoshi odatdagidan ancha katta koʻrinmoqda
- Tuman va shahar hokimi oʻrinbosarlari soni qisqartiriladi
- Oʻzbekiston terma jamoasi Quvayt bilan 2 ta oʻrtoqlik oʻyini oʻtkazadi
- JSST: Gʻazoda birorta shifoxona toʻliq ishlamayapti
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring