Tabiatni asrash masalasi — bolalar nigohida
Foto: Yunus Bo‘riyev / “Xalq so‘zi”
Toshkent Fotosuratlar uyida “Tabiatni asraylik” mavzusidagi bolalar rasmlari ko‘rgazmasining ochilish marosimi o‘tkazildi.
1 iyun — Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan tashkil etilgan ko‘rgazmadan mamlakatimiz va SHHT davlatlaridagi maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilari hamda maktab o‘quvchilarining ijodiy ishlari joy olgan.

Marosimda bugungi texnologiyalar va sanoatlashgan asrimizda tabiatni sof holda asrab qolish, ayniqsa, yoshlarda ekologik madaniyatni tarbiyalash har qachongidan dolzarb masala ekani ta’kidlandi.
— Ushbu tadbirdan ko‘zlangan maqsad yosh avlodda ekologik tarbiyani rivojlantirish, ularda tasviriy san’at va badiiy ijodga qiziqishni oshirish, iqtidorli yosh rassomlarni aniqlash, rag‘batlantirish va tabiatga mehr-e’tiborini kuchaytirishdan iborat, — deydi O‘zbekistonda Shanxay hamkorlik tashkilotining Xalq diplomatiyasi markazi bo‘lim boshlig‘i Faxriddin Otbasarov. — Ko‘rgazmaga turli mamlakatlardan mingdan ortiq jajji bolajonlarning rasmlari olib kelingan. Ularda atrof-muhitning ifloslanishi, atmosferaning buzilishi, havoning ifloslanishi, tuproqning sho‘rlanishi kabi ona tabiatga ziyon-zahmat yetkazayotgan turli muammolar bolalarga xos beg‘ubor nigoh bilan tasvirlangan. Ushbu suratlar murg‘ak qalblarning biz, kattalarga o‘ziga xos nidosi, desak, xato emas.

Tadbirda kuy-qo‘shiqlar yangradi. Sahna ko‘rinishlari namoyish etildi.
Ko‘rgazma shu yil 30 maydan 2 iyungacha davom etadi.


Gulxanoy SAFAROVA,
O‘zDJTU talabasi
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
- Toshkentda qilichbozlikning sablya yoʻnalishi boʻyicha Jahon kubogi bosqichi start oldi
- “Dronlar dueli” yoxud Ukrainadan Erongacha boʻlgan sinov poligonlarida shakllangan yangi dunyo tartibi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring