Chustlik o‘qituvchi Damas va "VAZ-2106”dan ixcham ko‘rinishdagi sport avtomobili yaratdi
Foto: Xalq so'zi
Namangan viloyati Chust tumanidagi 11-umumta’lim maktabida jismoniy tarbiya muallimi bo‘lib ishlab kelayotgan Shuhratbek Rahmonov avtomobilsozlik sohasida katta yutuqlarga erishmoqda. Avvaliga sportning erkin kurash turi bilan shug‘ullanib, xalqaro miqyosdagi chempion darajasigacha ko‘tarilgan bu inson oxirgi paytlarda yoshlikdan bo‘lgan qiziqishi-texnika yo‘nalishidagi ixtirochilikka kirishib ketdi. Dastlabki izlanishi mahsuli bo‘lgan yuk tashuvchi motosikl, katta tezlikka moslashtirilgan kvadrasikl, kichik avtomashina ko‘rinishidagi ixtirolarining ko‘pchilikka ma’qul tushishi uni yangidan-yangi innovasion ishlanmalar sari ilhomlantirdi.

- Avvalgi yili mamlakatimiz poytaxtida o‘tkazilgan ko‘rgazmada “Baggi” modelidagi zamonaviy sport avtomobili ko‘rinishidagi loyiham Innovasion rivojlanish agentligi e’tiborini tortdi,-deydi Sh. Rahmonov. – Yangiligimni qo‘llab-quvvatlab, amaliyotga tatbiq etish uchun 76,5 million so‘m mablag‘ ajratishdi. Bir yil ichida yo‘l tanlamas, ya’ni, botqoqlik, tog‘li va boshqa notekis yo‘llarda bemalol harakatlana oladigan ixcham transport vositasini tiklashga muvaffaq bo‘ldim.
Ixtirochi muallim “Peredator” deya nom qo‘ygan tezkor avtoulov to‘la mahalliy butlovchi qismlardan yaratilgan bo‘lib, uni yig‘ishda “Damas”ning dvigateli hamda “Vaz-2106”ning uzatmalar qutisidan foydalanilgan.

Albatta, ixtiro o‘z muallifiga yaxshigina naf keltiradi. Shu paytga qadar beshta avtоmobil prototipini yaratib, elga namoyish etgan chustlik muallim ham izlanishlariga yarasha daromad topib, moddiy ahvolini yuqori darajaga ko‘tarishga erishdi. Boshqa jihati, u hozirgacha erishganlari bilan cheklanib qolmoqchi emas. Yana yangi loyihalar ustida bosh qotirayotir.
Qudratilla NAJMIDDINOV, “Xalq so‘zi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
- Toshkentda qilichbozlikning sablya yoʻnalishi boʻyicha Jahon kubogi bosqichi start oldi
- “Dronlar dueli” yoxud Ukrainadan Erongacha boʻlgan sinov poligonlarida shakllangan yangi dunyo tartibi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring