Tender savdosi g‘olibligi uchun o‘zi bilan o‘zi “kurashgan” tadbirkor fosh qilindi
Illyustrativ foto
Yaqinda Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasining Farg‘ona viloyat hududiy boshqarmasi tomonidan tadbirkorning o‘ziga xos ustamonligini fosh etuvchi antiqa holat aniqlandi.
Ma’lum bo‘lishicha, Farg‘ona yo‘l qurilish-ta’mirlash unitar korxonasi tomonidan 2023 yil 29 mart kun boshlang‘ich qiymati qariyib 170 million so‘m bo‘lgan tenderda bir shaxsga tegishli bo‘lgan 2 ta korxona o‘zaro raqobatlashgan. Bu tender savdosining ob’yekti “qurilish ishlari uchun qum-shag‘al aralashmasi yetkazib berish” bo‘lib, savdo yakuni bo‘yicha “Barchasi qurilish uchun” MCHJ savdo g‘olibi, "Damko‘l Aziya" xususiy korxonasi savdoning zaxiradagi g‘olibi deb topilgan.
Statistika agentligi ma’lumotiga ko‘ra, savdo g‘olibi bo‘lgan “Barchasi qurilish uchun” MCHJning rahbari R. M. hisoblanadi. Shuningdek, savdoning ikkinchi ishtirokchisi “Damko‘l Aziya” xususiy korxonasining yagona ta’sischisi va rahbari ham aynan yuqorida ismi zikr etilgan R. M. dir. Ikki korxonaning ham yuridik manzili Farg‘ona viloyatining Farg‘ona tumani sifatida ko‘rsatilgan.
- O‘rganishlar davomida buyurtmachi - Farg‘ona yo‘l qurilish-ta’mirlash unitar korxonasi tomonidan eng yaxshi takliflarni tanlash savdosida “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi Qonun talablari buzilganligi aniqlandi,-deydi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasining Farg‘ona viloyat hududiy boshqarmasi axborot xizmati rahbari Nodira Rahmonqulova. – Natijada davlat xaridlari sohasida qonunbuzilish holatlarini o‘z vaqtida aniqlash va uni bartaraf etish bo‘yicha belgilangan vakolatlaridan kelib chiqib, hududiy boshqarma tomonidan Farg‘ona yo‘l qurilish-ta’mirlash unitar korxonasi o‘tkazgan ushbu eng yaxshi takliflarni tanlash savdosi ixtiyoriy ravishda bekor qilinishiga erishildi.
Shuningdek, buyurtmachi tashkilot rahbari va davlat xaridlarini amalga oshirishga mas’ul bo‘lgan hodimlariga “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi Qonunning talablari va uning buzilishi oqibatida yuzaga keladigan huquqiy javobgarlik to‘g‘risida qat’iy tushuntirishlar berildi.
Botir Madiyorov, “Xalq so‘zi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Shavkat Mirziyoyev Vashington shahrida Tinchlik kengashining dastlabki yigʻilishida ishtirok etdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring