Bugʻ yordamida ishlaydigan issiqxonalar faoliyati hududiy rahbarlar nazoratidan chetda qolgan — Bosh prokuratura
Bosh prokuratura boshqarma boshligʻi M.Abduxakimov va qishloq xoʻjaligi vaziri oʻrinbosari Sh.Mirzayev rahbarligida Prezidentimizning “Issiqxona xoʻjaliklari faoliyati samaradorligini oshirish yuzasidan qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori ijrosi yuzasidan kengaytirilgan tarzda idoralararo yigʻilish oʻtkazildi.
Yigʻilishda viloyat prokurorlarining oʻrinbosarlari, Bogʻdorchilik va issiqxona xoʻjaligini rivojlantirish agentligi va hududiy boʻlimlari boshliqlari, viloyat qishloq xoʻjaligi boshqarmalari boshliqlari va boshqa masʼullar ishtirok etishdi.
Maʼlumot oʻrnida, bugungi kunda respublikadagi mavjud 3 157 ta (6 297 gektar) issiqxona xoʻjaliklarining 153 (1 067) tasi faoliyat koʻrsatmasdan kelmoqda. Faoliyat koʻrsatayotgan 3 004 ta (5 229 gektar) issiqxonalarning 1 088 tasi (2 687 gektar) tabiiy gazda, 1 207 tasi (1 528) koʻmirda 236 tasi (404) bugʻda va 39 tasi (66) mazut yordamida isitiladi.
Bugʻ yordamida ishlaydigan issiqxonalar Qoraqalpogʻistonda 2, Buxoroda 15, Qashqadaryoda 65, Navoiyda 74 va Toshkent viloyatida 80 tani tashkil qilib, ularning faoliyati bugungi kunda hududiy rahbarlarning nazoratidan chetda qolgan. Hududlarda gaz korxonalari va tadbirkorlik subyektlari oʻrtasida tabiiy gaz yetkazib berish boʻyicha tuzilgan shartnomalarda koʻrsatilgan miqdorlardan kam tabiiy gaz yetkazib berilmoqda.
Issiqxona xoʻjalikliklari faoliyati bilan shugʻullanuvchi tadbirkorlik subyektlarining muammolarni oʻrganish uchun tashkil etilgan “Call - markaz” orqali kelib tushgan 441 ta murojaatning 107 tasini oʻrganish ishlari oxiriga yetkazilmagan.
Shuningdek, bugungi kunda 2 574 ta tadbirkorlik subyektining 6,9 trln. soʻmlik krediti prolongatsiya qilinmasdan qolmoqda.
Kredit muddatining uzaytirilmasligi sabablari tahlil qilinganda 122 ta subyektning soliq va boshqa majburiy toʻlovlardan qarzdorligi, 34 tasining garov bilan bogʻliq muammosi mavjudligi, 172 ta mijoz rad etganligi, 185 tasi bankka hujjatlarni topshirmaganligi hamda tijorat banklari tomonidan 1 977 tasining hujjat rasmiylashtirish jarayonlari yakuniga yetkazilmaganligi aniqlandi.
Yigʻilish yakunida masʼullarga yuqorida qayd etilgan kamchiliklarni oʻz vaqtida bartaraf etish yuzasidan tegishli koʻrsatma va topshiriqlar berildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
- Toshkentda qilichbozlikning sablya yoʻnalishi boʻyicha Jahon kubogi bosqichi start oldi
- “Dronlar dueli” yoxud Ukrainadan Erongacha boʻlgan sinov poligonlarida shakllangan yangi dunyo tartibi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring