Maktab bitiruvchilarining 27 foizi kelgusida taʼlim sohasida ishlash niyatida — soʻrovnoma natijalari

17:04 29 Dekabr 2022 Jamiyat
916 0

Oʻquvchilarning kelajakdagi qiziqishlarini aniqlash maqsadida soʻrovnoma oʻtkazildi. Soʻrovnomada 936 ming nafar 9-11 sinf oʻquvchilari ishtirok etdi.

Oʻquvchilar asosan taʼlim (27%), sogʻliqni saqlash (12%), AKT va iqtisodiyot (11%) sohalarida ishlash hamda 100 ming nafarga yaqin bitiruvchilar tadbirkor boʻlish istagini bildirdi.

Oʻquvchilarga kasblar toʻgʻrisida kengroq tushuncha berish maqsadida yangi darsliklarga 300 dan ortiq kasbga oid mavzular kiritildi.

7-11-sinf oʻquvchilarini individul diagnostika qilish, qiziqishlarini aniqlash va kasbga yoʻnaltirish ishlarini raqamlashtirish boʻyicha KASB.MAKTAB.UZ platformasi yaratildi.

450 dan ortiq oʻzbek tilidagi videodarslarga ega boʻlgan zamonaviy kasblarga oʻqitish kurslari yaratildi.

Sanoat, ishlab chiqarish, xizmat koʻrsatish, agrotexnologiya korxonalariga uyushtirilgan ekskursiyalarda yarim milliondan ortiq oʻquvchilar ishtirok etdi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?