Yigirma yoshli yigit nega Nukus yuragini jarohatladi?
Nukusdagi muzey majmui yaqinidagi maydon Qoraqalpogʻiston aholisi va mehmonlarining sevimli joylaridan biridir.
U yerda koʻp sonli turistlar va yosh kelin-kuyovlar esdalik uchun suratga tushishni yaxshi koʻrishadi. Bu yerda sevgini izhor etuvchi yurak shaklidagi tasvir hamda katta-katta harflar paydo boʻlganidan soʻng, ana shunday istakdagi insonlar soni yanada koʻpaydi.
Nukuslik yigirma yoshli I. bu borada oʻzini umuman boshqa tomondan koʻrsatishga qaror qildi. U oyoq zarbasi bilan yurakni “jarohatladi” va oʻz “qahramonligi“ni telefonga muhrladi. Videotasvirni ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirgan yigit “layklar” yomgʻiri ostida qolib ketishni orzu qilgandi, biroq buning aksi boʻlib chiqdi. U oʻz manziliga maqtovlar oʻrniga noroziliklar va nafratga toʻlgan soʻzlarni qabul qilib oldi.
Boz ustiga, ushbu selfiga huquq-tartibot organlari qiziqib qoldi. Ular bir kun ichida bezorini qoʻlga olishdi.
Nukus shahar IIBdan xabar berishlaricha, bola oʻz qilmishidan afsusda. U bu harakatini ijtimoiy tarmoqlarda qanday munosabat bildirishlarini tekshirish uchun qilgan, bunday qilish qonunga zid ekanligi haqida oʻylamagan.
Bezoriga soʻnggi hukmni sud chiqaradi, lekin unda oʻz qilmishlari haqida oʻylab koʻrish va hayotga munosabatini oʻzgartirishi uchun hali vaqt bor.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
- Toshkentda qilichbozlikning sablya yoʻnalishi boʻyicha Jahon kubogi bosqichi start oldi
- “Dronlar dueli” yoxud Ukrainadan Erongacha boʻlgan sinov poligonlarida shakllangan yangi dunyo tartibi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring