Oʻzbekistonda noqonuniy ravishda yiliga oʻrtacha 1 tonnaga yaqin oltin qazib olinyapti
Illyustrativ foto
Bosh prokuratura huzuridagi Axborot-tahlil multimedia markazi materiallarida keltirilgan maʼlumotlarga koʻra, bugun Navoiy, Samarqand va Buxoro viloyatlarida noqonuniy ravishda qimmatbaho metallarni qazib olish tizimli tus olgan boʻlib, ularning yashirincha aylanishi va chet ellarga olib chiqib ketilish holatlari ham kuzatilmoqda.
Masalan, 2015 yildan 2018 yilning oʻtgan 10 oyi davomida oltin va boshqa qazilma boyliklarni noqonuniy qazib olish boʻyicha 547 nafar kishiga nisbatan 214 ta jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan. Bu esa bizning yaʼni xalqning rizqi kesilyapti, boyligimiz oʻzgalarning choʻntagiga tushyapti, degani.
“Noqonuniylik natijasida yiliga oʻrtacha 1 tonnaga yaqin oltin qazib olinyapti. Ayni mavsum pallada 10 ming odam shu ish bilan shugʻullanmoqda. Bu esa davlatning iqtisodiyotiga jiddiy ziyon yetkazmoqda, — deydi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi boshqarma boshligʻi Hayitboy Omonov.
Prezidentimiz tomonidan imzolangan “Qimmatbaho metallarni oltin izlovchilar usulida qazib olish faoliyatini amalga oshirish uchun shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori bu kabi muammolarga chek qoʻyadi. Qaror bilan 2019 yilning 1 martidan boshlab qimmatbaho metallarni oltin izlovchilar usulida qazib olish faoliyatini tadbirkorlik tavakkalchiligi asosida amalga oshirishga ruxsat beriladigan boʻldi.
Qimmatbaho metallarni oltin izlovchilar usulida qazib olish bilan shugʻullanishni istagan yuridik va jismoniy shaxslarga yer qaʼri uchastkalari, shu jumladan, oʻlchamlari 1 gektardan ortiq boʻlmagan maydonda sochma oltin konlari taqdim etiladi. Buning uchun ular “E-IJRO AUKSION” maydonchasida oʻtkaziladigan elektron auksion orqali olinadigan litsenziyaga ega boʻlishlari lozim.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Oʻzlikni anglash sari muhim qadam: “Milliy qadriyatlar atlasi” kitob-albomi taqdimot qilindi (+video)
- Milliy naqshlarda oʻzligimiz namoyon
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring