Italiyada maymun chechak infeksiyasining yuqtirganlar 70 nafardan oshgan
Foto: Reuters
Italiyada hozirgacha 71 kishida maymun chechak infeksiyasi aniqlangan. Bu haqda mamlakat Sogʻliqni saqlash vazirligining kasalliklar profilaktikasi departamenti rahbari Jovanni Rezza maʼlum qildi.
“Aslida, ular koʻp emas, lekin tarqalish oshmasligini taʼminlash muhim va buning uchun oddiy tavsiyalarga amal qilish kerak”, deydi Rezza. Shuningdek, u kasallikning belgilari ikki-uch hafta ichida paydo boʻlishi va oʻchoqlari geografik jihatdan cheklanganligiga eʼtibor qaratdi. Uning qoʻshimcha qilishicha, simptomlar toshma va baʼzi hollarda isitma, mushaklarning ogʻrigʻi va charchoqdir.
Avvalroq Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti (JSST) maymun chechak virusi tarqalishining global xavfini baholash uchun favqulodda qoʻmitani chaqirishi maʼlum boʻlgan edi. Ushbu yigʻilish 23-iyunga belgilangan. Tashkilot bosh direktori Tedros Gebreyesus avvalgi avj olishlarga nisbatan infeksiyaning hozirgi versiyasi oʻzini gʻayrioddiy tutishini, shuning uchun virusologlar bunga alohida eʼtibor qaratishlari kerakligini qayd etdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Ilm-fan sohasida xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyatlarga bagʻishlangan anjuman
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Milliy naqshlarda oʻzligimiz namoyon
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring