Qashqadaryoda ertagi tarvuz pishdi
Foto: Халқ сўзи
Qashqadaryo viloyati Koʻkdala tumanidagi Oʻtamayli qishlogʻida bir necha yillardan buyon plyonka ostida ertagi tarvuz yetishtirib kelayotgan Solih Rajabov bu yil odatdagidan boshqacharoq tarzda – 10 sotix issiqxonada tarvuz nihollarini ekib, hamkasblaridan ancha oldi, yaʼni kuni kecha ilk hosilni uzdi.
— Sinov tariqasida 20-dekabrda tarvuz urugʻini koʻkartirib, niholni yanvar oyida oʻrtalarida issiqxonaga ekkan edi, — deydi Solih Rajabov. — Issiqxona ichida ham koʻchatlar ustini ikki qavat «duga» bilan oʻrab, sovuqdan himoyaladim. Buning samarasi oʻlaroq tarvuz nihollari tezda quloch yozib, gulladi, sunʼiy changlatdik, hosil tugdi va, mana koʻrib turibsiz, odatdagidan bir yarim oy oldin pishib yetildi. Garchi bu bahor seryogʻin kelib, kunlar isishi kechroq boshlangan boʻlsada, uddaladik. Issiqxonada bu yil 10 sotix yerda ertagi tarvuz yetishtirgan boʻlsak, kelgusi yili 4 gektar joyda shu usulda hosil olib, xorijga eksport qilishni moʻljallab turibmiz.

Tomorqachi 10 sotix issiqxonada tayyor boʻlgan hosilni peshma-pesh ichki bozorga chiqarmoqda. U ertagi tarvuzdan 50 mln soʻmdan ziyod daromad olishni moʻljallab turibdi.
Bu hali hammasi emas. Solih Rajabov 10 gektar yerda plyonka ostida 60 ming tup koʻchat ekib, parvarishlamoqda.
— Oʻtgan yili 6 gektar yerda yetishtirgan tarvuzimizdan 500 mln soʻm daromad qilgan boʻlsak, bu yilgi moʻljalimiz yanada koʻproq... Otam Jamshid Jumanazarov 24 yildan buyon tomorqachilik bilan shugʻullanadi. Mana, 2 yildirki, otamdan oʻrganib, oʻzim mustaqil ertagi tarvuz yetishtirish bilan shugʻullanib kelyapman.
Faxriddin Bozorov, “Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- Aholi va qishloq xoʻjaligini onlayn roʻyxatga olish boshlanishiga 3 kun qoldi
- 16-yanvar kuni baʼzi joylarda qor yogʻadi
- Koʻrfaz arab davlatlari bozoriga bojsiz kirish imkoni yaratiladi
- Raqamli Oʻzbekiston uchun kiber-huquqshunoslar: Prezident Farmoni yuridik taʼlimning yangi davrini ochadi
- Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatlaridan iborat delegatsiya aʼzolari Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi (+fotoreportaj)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring