Buxorodagi «Talipoch qalʼa darvozasi»ning bir qismi oʻpirilib tushdi
Maʼlum boʻlishicha, shu yilning 11-mart kuni Buxoro shahridagi «Talipoch qalʼa darvozasi» chap tomonidagi qalʼa devorining bir qismi qulab tushgan. 12-mart kuni esa mazkur holatni maxsus ekspertlaridan iborat Jamoatchilik Ilmiy maslahat kengashi aʼzolari oʻrganib chiqishdi.
Oʻrganish natijasida, XVI asrga tegishli «Talipoch qalʼa darvozasi» 2003-yilda qayta tiklangan. Oʻtgan yillar davomida qalʼa atrofidagi devorning chap qanoti ortidagi madaniy qatlamlarning choʻkishi, qoplama devorlarida yoriqlar paydo boʻlishi hamda joriy yilning mart oyida kuzatilgan doimiy yogʻingarchilik devorning choʻkishi va qulab tushishiga olib kelganligi aniqlangan.
Hozirda Buxoro viloyati Madaniy meros boshqarmasi va ekspertlar tomonidan obyektning texnik holati oʻrganilib va uni tezkorlik bilan qayta tiklash choralarini koʻrish boʻyicha muhokamalar olib borilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
- Toshkentda qilichbozlikning sablya yoʻnalishi boʻyicha Jahon kubogi bosqichi start oldi
- “Dronlar dueli” yoxud Ukrainadan Erongacha boʻlgan sinov poligonlarida shakllangan yangi dunyo tartibi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring