Oliy taʼlim tizimidagi oʻqituvchi-ustozlar uchun ikkita koʻkrak nishoni taʼsis etiladi
Foto: Arxiv surat
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi tomonidan “Oliy taʼlim sohasidagi xizmatlari uchun” hamda “Oʻrta maxsus va professional taʼlim sohasidagi xizmatlari uchun” koʻkrak nishonlari taʼsis etiladi.
Koʻkrak nishoni bilan oliy taʼlim sohasida yoshlarni voyaga yetkazishda fidokorona mehnat qilayotgan, yorqin isteʼdodi va ijodi, vatanparvarlik fazilatlari bilan el-yurt oʻrtasida hurmat qozongan faol, tashabbuskor, sogʻlom va barkamol avlodni voyaga yetkazish, yosh avlodni vatanparvarlik gʻoyalariga sadoqat ruhida tarbiyalash borasida soha rivojiga munosib hissa qoʻshgan fuqarolar taqdirlanadi.
“Oliy taʼlim sohasidagi xizmatlari uchun” hamda “Oʻrta maxsus va professional taʼlim sohasidagi xizmatlari uchun” koʻkrak nishonlari 1-oktyabr – Oʻqituvchi va murabbiylar kuni bayrami arafasida topshiriladi. “Oliy taʼlim sohasidagi xizmatlari uchun” hamda “Oʻrta maxsus va professional taʼlim sohasidagi xizmatlari uchun” koʻkrak nishonlari bilan mukofotlash Oʻzbekiston Respublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri buyrugʻi asosida amalga oshiriladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining “Davlat belgisi” davlat unitar korxonasi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlimi vazirligining buyurtmasiga asosan “Oliy taʼlim sohasidagi xizmatlari uchun” hamda “Oʻrta maxsus va professional taʼlim sohasidagi xizmatlari uchun” koʻkrak nishonlari va ularning guvohnomasi tayyorlanishi belgilangan tartibda taʼminlanadi.
Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari va Oʻzbekiston Respublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri A.X. Toshkulov zimmasiga yuklangan.
Koʻkrak nishoni bilan chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar ham mazkur Nizom talablari asosida taqdirlanishi mumkin.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
- Toshkentda qilichbozlikning sablya yoʻnalishi boʻyicha Jahon kubogi bosqichi start oldi
- “Dronlar dueli” yoxud Ukrainadan Erongacha boʻlgan sinov poligonlarida shakllangan yangi dunyo tartibi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring